ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
42. Ko’krak qafasi, compages thoracis; oldindan ko’rinishi. Orqaning
chuqur
muskullari
joylashadi.
Kokrak qafasining ichki yuzasida umurtqa
tanasining turtib chiqqan qismi va qovurg’a
burchagi orasida yana ikki tarnov – o’pka
edatchasi, sulcus pulmonales; bor bo’lib unda
o’pkaning qovurg’a yuzasidagi umurtqa bo’lagi
joylashadi (ras.44).
Yon devorlari orqa va oldingi devorlardan
uzunroq bo’lib qovurg’a tanasidan tashkil
topgan va ko’p yoki ozroq qavariq bo’ladi.
Yuqorigi va pastki qovurg’a oralig’i oldindan
to’sh suyagining yoni, orqadan esa umurtqa
bilan
chegaralanuvchi
bo’shliq,
spatia intercostales , bo’lib u qovurg’alararo
muskullar va membranalar boylamlari brikishi
uchun joy bo’lib xizmat qiladi. Ko’krak qafasi,
compages thoracis, aytilgan devorlar bilan
chegaralangan bo’lib ikki teshik – yuqorigi va
pastki teshiklar bo’lib ular aperturalar deb
ataladi.
Ko’krak qafasining yuqorigi aperturasi,
apertura thoracis superior, (ras.133)
pastkisidan kichikroq bo’lib, oldindan to’sh
dastasi, ikki yondan birinchi qovurg’alar va
orqadan
I
umurtqaning
tanasi
bilan
chegaralanadi. U ko’ndalang ovalsimon bo’lib
orqadan oldinga tomon pastlab boruvchi
tekislikda yotadi. To’sh dastasining yuqorgi
qismi II va III ko’krak umurtqalarining
ro’parasida joylashgan bo’ladi