48. Bosh suyagi, cranium; o’ngdan
ko’rinishi. (lateral norma, norma
lateralis.)
Страница | 25
49. Bosh suyagi, cranium; o’ngdan
ko’rinishi. (plusxematik)
Страница | 26
50. Bosh suyagi (rentgenogramma,
orqaoldi proeksiyasi).
1 – tpa suyagi; 2 – peshona suyagi; 3 – chakka
suyagi (toshsimon qismi); 4 – yanoq suyagi; 5
– pastki jag’ning bo’g’im o’simtasi. 6 – pastki
jag’ning tojsimon o’sig’i; 7 – yuqorigi jag’
bo’shlig’i; 8 – yuqorigi jag’; 9 – tish; 10 – pastki
jag’; 11 – pastki burun chug’anog’i; 12 –
burunning suyak to’sig‘i; 13 – o’rta burun
chig’anog’I; 14 – chakka suyagi; 15 – ko’z
kosasi; 16 – peshona bo’shlig’I; 17 – peshona
bo’shlig’ining to’sig’i.
51. Bosh suyagi (rentgenogramma,
yonbosh proeksiyasi).
1 – tepa suyagi; 2 – turk rgarchasi; 3 –
egarchaning suyanchig’I; 4 – nishab; 5 – ensa
suyagi; 6 – chakka suyagi (tosh qismi); 7 – II
bo’yin umurtqasi; 8 – ko’ndalang o’simta; 9 –
o’tkir o’simta; 10 – pastki jag’ning bo’g’im
o’simtasi; 11 – pastki jag’; 12 – pastki jag’ning
kurak tishlari; 13 – yuqorigi jag’ning kurak
tishlari; 14 – yuqorigi jag’; 15 – yuqorigi
jag’ning bo’shlig’i; 16 – oldingi burun o’sig’i;
17 – pastki jag’ning tojsimon o’sig’i; 18 –
ko’zosti qirg’og’I; 19 - ko’z kosasi; 20 –
ponasimon bo’shliq; 21 – oldingi egilgan
o’simta; 22 – burun suyagi; 23 – peshona
bo’shlig’i; 24 – peshona suyagi.
Страница | 27
Topografik jihatdan burub chanog’I, yanoq,
ko’zyosh va burun suyaklari – yuz suyaklariga
kiradi.
Ensa suyagi.
Ensa suyagi,
os occipitale (ras. 52-55); juft
emas, bosh suyagining orqa pastki sohasini
tashkil etadi. Uning tashqi yuzasi qavariq,
ichkisi miya yuzasi esa botiq bo’ladi. Uning
pastki old qismida katta (ensa) teshigi,
foramen
magnum,
joylashgan bo’lib kalla bo’shlig’ini
umurtqa kanali bilan bog’laydi. Bu teshik
atrofida chuqur bo’lmagan ensa sinusi
egatchasi, sulcus sinus occipitalis, joylashadi.
Embrional rivojlanish asosiga ko’ra unda kata
ensa teshigini o’rab turuvchi to’rt qism
farqlanadi: bazal qisim – katta ensa teshigining
oldida, juft bo’lgan lateral qisimlar – katta ensa
teshigining
yonboshida,
va
ensaning
tangasimon qismi – katta teshigning orqa
tomonida joylashgan.
Bazal qisim
, pars basilaris,
kalta, yo’g’on,
to’rtburchak shaklida bo’lib; uning orqa
52. Ensa suyaginig topogafiyasi.
53.Ensa suyagi, os occipitale; tashqi
tomondan ko’rinishi.
qirg’og’i erkin, silliq va sal o’tkirlashgan
qismi katta ensa teshigini oldindan chegaralab
turadi. Oldingi qirg’ogi yo’g’onlashgan,
g‘adir-budur ko’rinishda bo;lib tog’ay orqali
ponasimon
suyak
tanasi
bilan
brikib
ponasimon-ensa sinxondrozi,
synchondrosis
sphtnooccipitalis
, ni hosil qiladi.
O’smirinlik
paytlarida
tog’ay
suyak
to’qimasi bilan almashinadi va bu ikki suyak
bir biri bilan brikib ketadi. Bazal qisimning
yuqorigi yuzasi kalla bo’shlig’iga qaragan
bo’lib silliq va biroz botiq ko’rinishda bo’ladi.
U o’zidan oldinda joylashgan ponasimon
suyakning tanasi bilan birgalikda katta ensa
teshigi tomon yo’nalgan nishablik,
clivus
, ni
hosil qiladi (bu yerda uzunchoq miya, ko’prig
va bazal arteriya joylashadi) . bazal qisimting
tashqi oz bo’rtgan yuzasining o’rtasida
kichikroq halqum do’mboqchasi, tuberculum
pharyngeum, (oldingi bo’ylama boylam va
halqumning fibroz qobig’I brikuvchi joy), va
dag’al chiziq (boshning oldingi tog’ri va uzun
muskullari brkish joyi) bor.
Страница | 28
Dostları ilə paylaş: |