ko’rinishi. (Gorizontal kesim, atlantnt tanasining qisman yon qismi, oldingi yoyi va o’qli umirtqaning tishi olib tashlangan.) 2.
Orqa atlanto-ensa membranasi, membrana atlanto-occipitalis posterior (ras.
226, 227,229). Ensa katta teshigining orqa
qirg’og’i va atlantning orqa yoyi orasida
joylashadi. Oldingi qismda nerv va tomirlar
o’tishi uchun teshik mavjud. Bu parda sariq
boylamning o’zgarishidan hosil bo’lgan.
Membrananing lateral qismlari lateral ensa-
atlant boylami,
lig. atlanto-occipitalis lateralia, dan tashkil topgan.
Atlant va o’qli umirtqaning brikishida uchta
bo’g’im hosil bo’ladi – ikkita juft va bitta toq:
Lateral atlanto-o’qli bo’g’im (ras. 226,
231). juft, atlantning pastki bo’g’im yuzasi va
o’qli umirtqaning yuqorigi bo’g’im yuzasi
orasida hosil bo’ladi. U kam harakatlanuvchi
bo’g’imlat tipiga kirib, bo’g’im yuzasi yassi va
tekisdir. Bo’g’im yuzalari tekis bo’lganligi
uchun atlantning bo’g’im yuzasi o’qli
umirtqaning bo’g’im yuzasiganisbatan xar
qaysi tarafga oz miqdorda sirpanma harakat
qilishi mumkin.
Markaziy atlanto-o’qli bo’g’im, articulatio atlanto-axialis mediana (ras. 227, 228,
230,232), atlant oldingi yoyining orqa yuzasi
(fovea dentis) bilan, o’qli umirtqaning tishi
orasida hosil bo’ladi. Bundan tashqari tishning
orqa bo’g’im yuzasi atlantning ko’ndalang
bolami,
lig. transversum atlantis, bilan ham
bo’g’im hosil qiladi.
O’qli umirtqaning tishi hosil qiluvchi
bo’g’imlar silindrik bo’g’imlar guruhiga kiradi.
Bu bo’g’imlarda atlant bilan birgalikda boshni
o’qli umirtqa tishining vertikal o’qi atrofida
aylanishi, ya’ni boshni chap yoki o’nga burish
harakatlari bajariladi.
Markaziy
atlanto-o’qli
bo’g’imning
mustahkamlovchi
qismlariga
quyidagilar
kiradi:
1. Yopqich membrana, membrana tectoria
(ras. 227, 230, 232), ensa katta teshigining
oldingi qirg’og’i va o’qli umirtqaning tanasi
orasida tortilgan, keng, yetarlicha zich tolali
plastinkadan tashkil topgandir. Bu membrana
tish, atlantning ko’ndalang boylami va shu
bo’g’imning boshqa hosilalarini orqa tomondan
(umirtqa kanali tomonidan) yopib turganligi
uchun yopqich membrana deb ataladi. U
umirtqaning orqa bo’ylama boylamining bir
qismi sifatida qaraladi.
2. atlantning krestsimon (ixssimon) boylami,
lig. cruciforme atlantis (ras. 230), ikkita –
ko’ndalang va bo’ylama tutamdan tashkil
topgan. Ko’ndalang tutam atlant lateral
massasining ichki yuzasi orasida tortilgan zich
briktiruvchi to’qimali kamardan iborat. U o’qli
umirtqa tishining orqa bo’g’im yuzasida yotadi
va uni mustahkamlaydi. Bu tutam aloxida holda
atlantning
ko’ndalang
boylami,
lig. transversum atlantis, (ras. 230, 232) deb
ataladi.
Bo’ylama
tutamalr,
fasciculi
londitudinales, ikkita – yuqorigi va pastki
oyoqchlardan tuzilgan. Yuqorigi oyoqcha atlant
ko’ndalan boylamining markaziy qismidan
katta ensa teshigining oldingi yuzasigacha yetib
boradi. Pastki tishcha, u ham atlant ko’ndalang
boylamining markaziy qismidan boshlanib,
pastka yo’aladi va o’qli umirtqa tanasining orqa
yuzasiga brikadi.
3. Tishcha uchining boylami, lig. apicis
dentis (ras. 227, 231), o’qli umirtqa tishining
uchi va katta ensa teshigining oldingi qirg’og’i
orasida tortilgandir. Bu boylam orqa tor
(xorda) ning rudimenti sifatida qaraladi.
Страница | 134
4. Qanotsimon boylamlar,
ligg. alaria (ras. 230,
231), o’qli umirtqa tishininh ikki yoni va
ensaning bo’g’im o’sig’i,
condyli occipitales, orasida
tortilgan,
biriktiruvchi
to’qima
tolalaridan tuzilgan tutamdan iborat.