ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
Ponasimon suyak Ponasimon suyak , os sphenoidale (ras. 63-68.
Ras 109,111,117) toq, bosh qutusining pastki
asosini hosil qoladi.
Ponasimon suyakning o’rta qismi – tanasi,
corpus, kubsimon shakilda bo’lib oltita yuzasi
farqlanadi. Bosh qutusining bo’shlig’iga
qaragan yuqorigi yuzasida botiqlik – turk
egarchasi, sella turcica, bor bo’lib uning
markazida
gipofizar
chuqurcha,
fossa hypophysialis, (ras. 64) joylashgan. Bu
chuqurchada gipofiz,
hypopysis, joylashadi.
Chuqurchaning
kattaligi
gipofizning
o’lchamiga bog’liq. Turk egarchasining
chegaralari, oldindan rgarcha do’mbog’chasi,
tuberculum sellae. Do’mbog’chadan orqaroqda
egarchaning
yonbosh
qismida
doimiy
bo’lmagan o’rta egilgan o’simta, processus
clinoideus medius, joylashgan.
Do’mboqchadan oldinda egarcha unchalik
chuqur bo’lmagan ko’ndalang kesishmaoldi
egatchasi,
sulcus prechiqsmatis , bor. Undan
orqaroqda ko’rish nervining kesishmasi,
chiasma opticum , joylashadi. Egatchaning
lateral tomonida ko’ruv kanali,
canalis opticus, joylashgan. Egatchaning oldida esa ponasimon
suyakni kichik qanotlarining qo’shilishidan
hosil bo’lgan silliq yuza – ponasimon tepalik,
jugum sphenoidale, (supacha) choylashgan.
Tananing yuqorigi old qismi tishlashgan, sal
oldinga chiqqan bo’lib g’alvirsimon suyak
plastinkasining orqa yuzasiga brikadi va
ponasimon – g’alvirsimon chok,
sutura spheno – ethmoidalis, ni
hosil
qiladi.
Turk
egarchasining orqa chegarasini egarchaning
suyanchig’I,
dorsum sellae, hosil qilib u o’ng
va chapga tomon sal chiqib turuvchi orqa
egilgan
o’simta,
processus clinoideus posterior, ni hosil qilb tugaydi.
Egarchaning ikki yonida orqadan oldinga
tomon uyqu egatchasi,
sulcus caroticus, ( bu
yerdan ichki uyqu arteriyasi va u bilan
yo’naluvchi nerv chigallari o’tadi). Bu
egatchaning orqa qirg’og’ida esa o’tkir o’simta
– ponasimon tilcha,
lingula sphenoidalis, chiqib turadi.
Egarcha suyanchig’ining orqangi yuzasi ensa
suyagi basilar qismining yuqorigi yuzasiga
o’tib ketadi va u bilan birgalikda nishab,
clivus, (bu yerda ko’prig, uzunchoq miya, bazillyar
arteriya va uning shoxlari yotadi) ni hosil qiladi.
Tananing orqa yuzasi notekis; tog’ay qavati
bilan ensaning bazillyar qismining oldingi
yuzasi bilan brikib ponasimon – ensa
sinxondrozi,
synchondrosis spheno–occipitalis, ni hosil qiladi. Yosh o’tgan sayin tog’ay suyak
yo’qimasiga aylanadi va bu ikkala suyak
birlashib ketadi.
Tananing oldingi yuzasi va pastki yuzasining
bir qismi burun bo’shlig’iga qarab turadi.
Oldingi yuzaning o’rtasida ponasimon qirra,
crista sphenoidalis, chiqib turadi; uning oldingi
qirg’og’I
g’alvirsimon
suyakning
perpengikulyar plastinkasi bilan birlashib
turadi. Qirra pastki tomonda o’tkir o’simta,
ponasimon tumshuq,
rostum sphenoidale, ni
hosil qiladi. U dimoq suyagining qanoti bilan
birlashib, dimoq suyagining yuqorigi qirg’og’I
va ponasimon tumshuq oralig’ida yotuvchi
dimoq-tumshuq
kanali,
canalis vomerorostralis, (ras67) ni hosil qiladi.
Qirraning lateral tomonida ichkariga tomon
egilgan plastinkalar – ponasimon chog’anoqlar,
conchae
sphenoidalis,
(ras.
66)
bor.
Chig’anoqlar ponasimon bo’shliq(pazuxa),
sinus sphenoidalis, larning oldingi va qisman
pastki devorini hosil qiladi. Ikkala pazuxada
uncha katta bo’lmagan teshik-ponasimon