ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
partis petrosae, (ras. 72) orqa yuzani pastki
yuzadan ajiratib turadi. Bu tomon bo’ylab, miya
yuzasida, pastki toshsimon sinusning egatchasi,
sulcus sinus petrosi inferioris, (ras. 73)
o’tadi.(bu yerdan pastki toshsimon sinus o’tadi)
orqa tomonning deyarli o’rtasida, bo’yinturuq
o’ymasiga
yaqinroq,
uchburchak
voronkasimon botiqlik bo’lib unda chig’anoq
kanalining tashqi aperturasi,
apertura externa canaliculi cochleae, joylashadi; bu yerda
chig’anoq kanalichasi,
canaliculi cochleae, yakunlanadi.
Toshsimon qismning oldingi tomoni, oldingi
yuzaning lateral tomonida joylashib yuqorigi va
pastki tomonlardan qisqaroq. Tangasimon
qismdan uni toshsimon-tangasimon yoriq,
fissura petrosquamosa , ajiratib turadi.
Unda uyqu kanalining ichki teshigidan
laterlaroq holatda, nog’ora bo’shlig’iga olib
boruvchi muskul-nay kanalining teshigi bor.
74. Chakka suyagi, os temporale, ong. (piramida asosidan vertikal kesilgan) Chakka suyagi toshsimon qismining kanal va bo’shliqlari. 1. Uyqu kanali,
canalis, caroticus, (ras. 73-76), toshsimon qismni pastki
yuzaining
o’rtasidagi
tashqi
teshikdan
boshlanadi. Dastavval kanal yuqoriga yo’nalib,
o’rta quloqning oldida joylashib, so’ngra
burulib oldinga va medial holatda yo’nalib
piramida cho’qqisiga ichki teshik sifatida
ochiladi(bu kanaldan ichki uyqu arteriyasi, u
bilan birga yo’naluvchi vena va simpatik nerv
tolalarining chigali o’tadi).
2. uyqu – nog’ora kanalchasi,
canaliculi caroticotympanici, ikkita kichikroq kanaldan
iborat bo’lib, uyqu kanalidan boshlanib nog’ora
bo’shlig’ida yakunlanadi(undan uyqu-no’g’ora
nervlari o’tadi).
3. Yuz kanali,
canalis facialis ,(ras.74-76)
ichki eshitish yo’lining tubi,
meatus acusticus internus, dan (yuz nervi maydoni
, areae n. facialis ,
ning
oldidan)boshlanadi.
Kanal
gorizontal yo’nalgan bo’lib piramida asosiy
o’qiga deyarli to’g’ri burchak ostidda
joylashgan bo’lib, uning oldingi yuzasiga, katta
toshsimon nervning darasi(yo’li), hiatus canalis
n. majoris, ga yo’nalib bu yerda u to’g’ri
burchak ostida buruladi va yuz kanalining
tizzasi, geniculum canalis facialis, ni hosil
qiladi. So’ngra kanal nog’ora bo’shlig’I megial
devorining orqa qismiga o’tadi(bu yerda u yuz
kanalining
bo’rtig’i,
prominentia canalis facialis, ni hosil
qiladi). Undan so’ng kanal orqaga, toshsimon
qismning asosiy o’qi bo’ylab yo’naib piramidal
chiqiqlik, eminentia pyramidalis, ga yetib
boradi va vertikal holatda pastga tushib
bigizsimon-so’rg’ichsimon teshik,
foramen stylomastoideum, ga ochiladi(kanaldan yuz va
oraliq nervi, arteriya va vena o’tadi).
4. Nog’ora torining kanalchasi, canaliculus
chordae tympani, yuz kanalining tashqi
devoridan boshlanib, oldinga va yuqoriga yo’l
oladi. Kanalcha nog’ora bo’shlig’iga kiradi va
uning orqa devoriga ochiladi(kanalchadan
oraliq nervning tarmog’I – nog’ora tori, chorda
tympani, o’tib nog’ora bo’shlig’iga kiradi).
5. Nog’ora kanali,
canalis tympanicus, toshsimon qism pastki yuzasidan, toshsimon
chuqurchaning tubidan boshlanadi. So’ngra u
nog’ora bo’shlig’ining pastki devorini teshib
nog’ora bo’shlig’iga kiradi hamda uning medial
devori bo’ylab burmali egatcha,
sulcus
Страница | 41
promontorii ,
da
joylashib
nog’ora
bo’shlig’ining yuqorigi devoriga o’tadi va shu
yerda kichik toshsimon nerv kanalining yo’li,
hiatus canalis n. petrosi minoris, ga ochiladi.
6.
Nay
–
muskul
kanali,
canalis muskulotubarius , (ras. 73, 74, 76), nog’ora
bo’shlig’ini oldyuqorigi qismining davomi
sifatida ko’rinadi. Kanalning tashqi teshigi,
chakka suyagidagi toshsimon va tangasimon
qismlar
orasidagi
o’ymada
toshsimon-
tangasimon yoriqning oldingi tugash qismida
joylashgan. Kanal uyqu kanalini gorizontal
qismidan lateral va ozgina orqaroqda,
toshsimon qism asosiy o’qiga paralel
joylashgan. Kanaldagi gorizontal joylashgan
nay-muskul kanalining to’sig’i,
septum canalis musculotubarii, kanalni yuqorigi kichikroq
nog’ora
to’sig’ini
taranglashtiruvchi
muskulning yarimkanali,
samicanalis m. tensoris tympani, va pastki kattaroq eshituv
nayining yarim kanali,
semicanalis tubae auditivae (birichisida nog’ora pardasini
taranglovchi
muskul,
ikkinchi
kanalcha
bo’shlig’ini halqum boshlig’I bilan tutashtiradi;
mav. Tom. 4 ,,dahliz-nog’ora a’zosi”) ga
bo’ladi.