ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
69. Chakka suyagining topografiyasi. So’rg’ichsimon o’simtaning kesmasida, uning
ichki qismida havo saqlovchi bo’shliqlar -
so’rg’ichsimon
xujrachalar(yacheykalar),
cellulae mastoideae, bor(ras.
74).
Bu
yacheykalar bir biridan suyakli so’rg’ichsimon
devorlar,
paries mastoideus, bilan ajiralib
turadi. Bu bo’shliqlar orasida har doim
uchrovchi, o’simtaning markaziy qismida
joylashgan so’rg’ichsimon g’or,
antrum mastoideum, mavjud
bo’lib
unga
so’rg’ichsimon yacheykalar ochiladi va u
nog’ora bo’shlig’i
, cavitas tympanica, bilan
tutashgan
holda
bo’ladi.
So’rg’ichsimon
yacheykalar va so’rg’ichsimon g’orning ichki
qismi shilliq parda bilan qoplangan.
Toshsimon
qismning
oldmedial
qismi
so’rg’ichsimon o’simta va tangasimon qismdan
ichkarida joylashgan bo’ladi. U uchburchakli
piramida shaklida bo’lib, hayoliy markaziy
uzun o’qi lateral va orqadan, oldinga va medial
holatda yo’nalgan. Toshsimon qismning asosi
tashqariga va orqaga; piramida cho’qqisi,
apex patris petrosae, esa ichkari va oldinga tomon
yo’nalgan.
Toshsimon qismda uch yuza farqlanad:
oldingi, orqa va pastki, va uchta burchagi:
yuqorigi, orqa va oldingi bor.
Piramidaning oldingi yuzasi,
facies anterior partis petrosae (ras. 71), silliq va keng, kalla
qutusini bo’shligliga qaragan, yuqoridan pastga
va oldinga qiyshiq holatda yo’nalib tangasimon
qisimning miya yuzasiga o’tib ketadi. ba’zan
ular o’rtasida toshsimon-tangasimon yoriq,
fissura petrosquamosa, joylashadi. Oldingi
yuzaning deyarli o’rtasida yoysimon bo’rtma,
eminentia arcuata, joylashgan bo’lib, uning
ichida labirintning oldingi yarimoysimon
kanali joylashadi. Yoysimon bo’rtiqdan
toshsimon-tangasimon yoriqgacha bo’lgan joy
– nog’ora bo’shlig’ining tomi,
tegmen tympani, deb atalib, uning ostida nog’ora bo’shlig’i,
cavum tympani, joylashadi. Oldingi yuzada,
toshsimon qism cho’qqisiga yaqin joyda
kichikroq uchlik iz,
impressio trigemini, (uchlik
tugun,
ganglion trigeminale , ning o’rnashgan
joyi) bor.
Bu izdan lateral holatda katta toshsimon nerv
kanalining yo’li,
hiatus canalis n. petrosi majoris, joylashib undan medialroqda esa
torroq katta toshsimon nervning egatchasi,
sulcus n. petrosi majoris, joylashadi. Aytib
o’tilgan yoldan oldinda va lateralroqda, kichik
toshsimon nervning egatchasi,
sulcus n. petrosi minoris, ga davom etib ketuvchi yana bir yo’l –
kichik toshsimon nerv kanalining yo’li,
hiatus canalis n. petrosi minoris, joylashgan.
Piramidaning orqa yuzasi, facies posterior