Odam anatomiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

Chakka suyagi. 
Chakka suyagi, 
os temporale
(ras. 69-76;48-
51,117), juft, kalla qutusi asosini hosil qilishda 
qatnashadi va uning gumbazini yon devorini 
tashkil etadi. Bu suyakda eshitish va muvozanat 
saqlash a’zolari joylashadi. U pastki jag’ suyagi 
bilan 
birlashib 
chaynash 
apparatining 
tayanchini hosil qiladi. 
Suyakning tashqi yuzasida tashqi eshitish 
teshigi, porus acusticus externus, joylashgan 
bo’lib, bu teshikning atrofida chakka 
suyagining uch qismi: yuqorida – tangasimon 
qism, ichkari va orqada – toshsimon qism yoki 
piramida, oldinda va pastda – nog’orasimon 
qismi joylashgan. 
Tangasimon qism, pars squamosa, plastinka 
shaklida bo’lib deyarli sagittal yo’nalishda 
joylashgan. Tangasimon qismning tashqi 
chakka yuzasi, 
facies temporalis, 
ozgina 
notekkis va bo’rtgan ko’rinishda. Uning orqa 
qismida vertikal yonalishda o’rta chakka 
arteriyasining 
egatchasi, 
sulcus 
arteriae 
temporalis mediae,(undan shu nomli arteriya 
o’tadi) joylashgan. 


Страница | 37
Tangasimon qismning orqa pastki timonida 
tepa suyagidagi pastki chakka chizig’I, 
linea 
temporalis inferior, 
ga davom etib ketuvchi 
yoysimon chiziq joylashgan.
Tangasimon qismdan ozgina yuqori va 
oldinroqda, 
tashqi 
eshitish 
teshigidan 
gorizontal holatda yo’nalgan yanoq o’simtasi, 
processus 
zygomaticus,
joylashgan. 

tangasimon qismni tashqi yuzasining pastki 
qirg’og’ida gorizontal joylashgan so’rg’ichusti 
qirrasi, 
crista supramastoidea
, ning davomi 
sifatida ko’rinadi(ras. 70). Yanoq o’simtasi 
keng 
asos 
bilan 
boshlanib 
so’ngra 
ingichkalashib ketadi. U tashqi va ichki 
yuzalarga hamda ikki qirg’og’I – nisbatan 
uzunroq yuqorigi va kaltaroq pastki, qismlarni 
o’zida saqlaydi. Yanoq o’simtasining oldingo 
ichi tishsimon ko’rinishda bo’ladi. Chakka 
suyagining yanoq o’simtasi va yanoq 
suyagining chakka o’simtasi, processus 
temporalis, bir biri bilan chakka-yanoq choki, 
sutura temporazygomatica, yordamida brikadi 
va yanoq yoyi (ravog’i), 
arcus zygomaticus,
ni 
hosil qiladi(ras.48, 49). 
Yanoq o’simtasi ildizi(asosi)ning pastki 
yuzasida ko’ndalang ovalsimon shakilda pastki 
jag’ 
chuqurchasi, 
fossa 
mandibularis,
joylashgan. Chuqurchaning oldingi bo’lagi, 
toshsimon-tangasimon 
yoriqgacha 
bu 
– 
chakka-pastki jag’ bo’g’imining bo’g’im 
yuzasi, 
facies articularis,
bo’lib uni oldindan 
bo’g’im do’mboqchasi, 
tuberculum articulare,
chegaralab turadi(ras.70, 73). 
chakka suyagi tangasimon qismining tashqi, 
chakka 
yuzasining 
bir 
qismi 
chakka 
chuqurchasi
, facies temporalis
, ni hosil qilishda 
qatnashadi(bu 
yerdan 
chakka 
muskuli, 
m.temporalis,
ning tolalari boshlanadi). 
Tangasimon qismning ichki miya yuzasi, 
facies cerebralis,
sal botiq. Unda panjasimon 
izlar, 
impressiones digitatae, 
va arterial 
egatchalar
, sulcus arteriosus
, (bu yerda o’rta 
meningial arteriya, a. meningea media). 
Chakka suyagining tangasimon qismida ikkite 
erkin tomoni – ponasimon va tepa, bor. 
Oldpastki ponasimon tomon(qirg’oq) margo 
sphenoidalis, keng, tishli, ponasimon suyak 
katta qanotining tangasimon tomoni bilan 
brikib ponasimon-tangasimon chok,
sutura 
sphenosquamosa,
ni hosil qiladi. Yuqorigi orqa 
tepa tomoni, 
margo parietalis, 
o’tkirlashgan, 
ponasimon tomonga qaraganda uzunroq, tepa 
suyagining tangasimon tomoni bilan birlashadi. 
Chakka suyagining piramida (toshsimon) 
qismi, 
pars petrosa,
orqa lateral va oldingi 
medial qismlardan iborat. 
Chakka suyagini orqa lateral qismini tashqi 
eshitish teshigidan orqada joylashgan
so’rg’ichsimon o’simta, 
processus mastoideus,
tashkil qiladi. Unda tashqi va ichki yuzalar 
farqlanadi. Tashqi yuzasi qavariq, notekkis 
bo’lib muskul yopishishi uchun xizmat qiladi. 
So’rg’ichsimon o’simta pastdan teri ostidan 
yaxshi seziladigan konussimon chiqiqlik 
holatida tugaydi. 
Sorg’ichsimon 
o’simta ichki tomondan 
chuqur so’rg’ichsimon o’yma, 
incisura 
mastoideus
, ni chegaralab turadi( bu yerdan 
ikki qorinli muskul, 
m. digastici,
ning orqa 
qorinchasi boshlanadi). O’ymaga paralel 
ravishda, 
undan 
sal 
orqaroqda 
ensa 
arteriyasining 
egatchasi, 
sulcus 
arteriae 
occipitalis joylashgan(undan shu nomli arteriya 
o’tadi). 
So’rg’ichsimon o’simtaning ichki, miya 
yuzasidan keng, S-simon, yuqoriga tomon 
yonalib tepa suyagidagi shu nomli sinusga va 
undan so’ng ensa suyagining ko’ndalang 
sinusiga davom etib ketuvchi sigmasimon 
sinusning egatchasi, 
sulcus sinus sigmoidei,
joylashgan(bu yerda ko’ngalang venoz sinus, 
sinus transversus, joylashadi). Sunus pastga 
tomon ensa suyagidagi shu nomli arteriyaga 
davom etib ketadi. 
So’g’ichsimon o’simtaning orqa chegarasini 
tishlashgan, ensa suyagini so’rg’ichsimon 
tomoni bilan brikib so’rg’ichsimon – ensa 
choki, 
sutura occipitomastoidea, 
ni hosil 
qiluvchi ensa tomoni, 
margo occipitalis
, hosil 
qiladi. Choknin o’rtasida yoki so’rg’ichsimon 
qismning ensa tomonida so’rg’ichsimon teshik, 
foramen mastoideum
, (ba’zan ular bir nechta) 
joylashgan. Bu yerdan ensa arteriyasining 
tarmoqlari
, ramus mastoideus a. occipitalis,,
va 
boshning teri osti venalari bilan sigmasimon 
venoz 
sinusni 
birlashtirib 
turuvchi 
so’rg’ichsimon emissar venalar, 
vv. emissariae 
mastoideae
, o’tadi.
So’rg’ichsimon o’simtani tangasimon qismga 
o’ish joyida tashqi yuzada yaxshi seziluvchi 
so’rg’ichsimon – tangasimon chok, 
sutura 
squamosomastoidea, 
ning qoldig’I bor bo’lib u 
yosh bolalarda yaxshi ko’rinadi. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin