Odam anatomiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

G’alvirsimon suyak. 
G’alvirsimon suyak, 
os ethmoidale
, (ras. 77-
81; ras.118-121), toq, uning ko’proq qismi 
burun bo’shlig’ining yuqorigi qismida, ozroq – 
qismi esa kalla asosining oldingi qismida 
joylashgan. U noto’g’ri kubsimon shakilda 
bo’lib, hovo saqlovchi yacheykalardan tashkil 
topgan va hovo saqlovchi suyaklar, 
ossa 
pneumatica,
gruppasiga kiradi. 
G’alvirsimon suyakda gorizontal yo’nalgan, 
g’alvirsimon plastinka, vertikal yotuvchi 
perpendikulyar plastinka va perpendikulyar 
plastinkaning 
ikki 
yonida 
joylashgan 
g’alvirsimon labirintlar, kabi qismlardan iborat. 
G’alvirsimon plastinka, lamina ciribrosa, (ras. 
77, 119), burun bo’shlig’ining yuqorigi 
devorini hosil qiladi. Peshona suyagidagi 
g’alvirsimon o’ymada gorizontal joylashib 
peshona- 
g’alvirsimon 
chok, 
sutura 
frontoethmoidalis, 
ni hosil qiladi. U uncha katta 
bo’lmagan 30-40 ta teshiklar, 
foramina 
fibrosae,
bilan teshilgan ( bular orqali hid sezish 
nervi tolalari va tomirlar o’tadi) (ras. 117). 
Perpendikulyar 
plastinka, 
lamina 
perpendicularis (ras. 78, 80, 109, 120), ikki 
qismga bo’linadi: g’alvirsimon plastinka ustida 
joylashuvchi, yuqorigi kichik va g’alvirsimon
plastinkaning ostida joylashuvchi, katta pastki. 
Yuqorigi qism xo’roz toji qirrasi, crista galli, ni 
hosil qiladi va kalla bo’shlig’iga tomon 
yo’nalgan bo’ladi ( qirraga bosh miyaning 
o’rog’I – miya qattiq pardasining o’simtasi 
brikadi). 
Xo’roz toji qirrasining oldpastki, ikki yon 
tomonda doimiy bo’lmagan – xo’roz toji 
qirrasining qanoti, 
ala cristae galli,
mavjud. 
Ikkala qanot ham yuqori va orqadan peshona 
suyagidagi ko’r teshik, 
foramen cecum,
bilan 
chegaralangan. Perpendikulyar plastinkaning 
pastki qismi noto’g’ri to’rtburchak shaklida, 
burun bo’shlig’iga ya’ni pastga tomon tik 
tushgan va burun bo’shlig’idagi suyak 
to’sig’ining oldyuqorigi qismini tashkil etadi.
Plastinka 
yuqoridan 
peshona 
suyagining 
qiltanog’I, oldindan – burun suyagiga, pastdan 
– dimog’ suyagi, old va pastdan burun 
to’sig’ining tog’ayli qismiga brikib turadi. 
Ko’pincha perpendikulyar plastininkaning 
barcha yoki ozgina qismining u yoki bu 
tomonga siljishi kuzatiladi. 
G’alvirsimon labirint, labirinthus ethmoidalis, 
(ras. 81, 121) – juft hosilalar bo’lib, 
perpengikulyar plastinkaning ikki yon tarafida 
joylashadi va g’alvirsimon plastinkaning pastki 
yuzasiga tegib turadi. U bir biri bilan va qator 
teshiklar orqali burun bo’shlig’I bilan 
bog’lanuvchi ko’p sonli xovo saqlovchi 
g’alvirsimon 
yacheykalar, 
cellulae 
ethmoidales,
(ras. 77, 120, 121)dan iborat. 
Yacheykalar burun bo’shlig’idagi shilliq 
qavatning bevosida davomi bo’lmish shilliq 
qavat bilan qoplangan. 
Oldinda joylashgan yacheykalar o’rta burun 
yo’liga, o’rta va orqa yacheykalar yuqorigi 
burun yo’li bilan aloqa qiladi. 
Lateral devor bo’lib, ko’z kosasining ichki 
devorini asosiy qismini hosil qiluvchi ko’z 
plastinkasi, 
lamin 
orbitalis,
hisoblanadi. 
Plastinka yuqoridan peshona suygi bilan brikib 
peshona-g’alvirsimon chok
, sutura fronto- 
ethmoidalis, 
pastdan – yuqorigi jag’ bilan – 
g’alvirsimon-yuqorigi jag’ choki

sutura 
ethmoidomaxillaris, 
va tanglay suyagining ko’z 
o’simtasi bilan – tanglay-g’alvirsimon chok, 
sutura palato- ethmoidalis
, ni hosil qiladi (ras. 
124). Labirintning yuqorigi tomonidan ikki 
egatcha – oldingi va orqa g’alvirsimon 
egatchalar mavjud bo’lib, peshona suyagidagi 
shu nomli egatchalar bilan qo’shilib, oldingi va 
orqa g’alvirsimon teshik
, foramina ethmoidales 
anterius 
et 
posterius,
ga 
ochiluvchi 
kanalchalarni (ras. 106, 110) hosil qiladi (bu 
teshiklar orqali shu nomli tomir va nervlar 
o’tadi). 
Labirintning medial devori (ras. 80, 118, 119) 
notekkis, 
egatchalar 
bilan 
to’la, 
burun 
bo’shlig’I lateral devorining kattagina qismini 
tashkil etuvchi plastinkadan iborat. Uning 
perpendikulyar plastinkaga qaragan yuzasida 
ikkita ingichka, sal bir tomonga egilgan va 
tashqariga buralgan o’simta: yuqorigi burun 
chig’anog’I, 
conchae nasalis superior
, va 
pastki o’rta burun chog’anog’I, 
conchae nasalis 
media

bor. 
Ba’zan 
yuqorigi 
burun 
chog’anog’ining ustida rudiment o’simta – eng 
yuqorigi burun chig’anog’i, 
concha nasalis
suprema
, joylashadi (ras. 118). Labirintni 
medial plastinkasining orqayuqorigi qismida, 
yuqorigi va o’rta burun chig’anog’ining orasida 
bigizsimon shakildagi fazo – yuqorigi burun 
yo’li, meatuz nasi superior, O’rta burun 
chig’anog’ining ostidagi yoriq bu – o’rta burun 
yo’li, 
meatus nasi madius,
(ras. 118, 120) dir. 
Ilmoqsimon o’simtadan orqa va yuqorida eng 
katta yacheyka – g’alvirsimon pufak, bulla 
ethmoidalis, joylashgan. 
Ilmoqsimon 
o’simta va katta g’alvir 
pufakchasining orasida, pastda va oldinda yoriq 
– 
g’alvirsimon 
voronka, 
infundibulum 
ethmoidale,
bo’lib uning yuqorigi oxiri peshona 
suyagi pazuxasining teshigi bilan aloqa qiladi. 
Ilmoqsimon o’simtaning orqa tomoni va katta 
g’alvirsimon pufakchning pastki yuzasida 
yrimoysimon yo’lak, 
hiatus semilunaris
, hosil 
bo’lib,(ras. 119), u orqali yuqorigi jag’ 
suyagidagi pazuxa o’rta burun yo’li bilan 
tutashadi. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin