Tizza qopqog’i Tizza qopqog’i,
patella, (ras. 182, 183; ras.
164), - skletdagi eng katta sesamasimon
suyakdir. Son suyagi to’rt boshli muskulining
paylari orasida joylashgan bo’lib, teri ostidan
yaxshi seziladi va tiza bo’g’imining yozilgan
holatida yon hamda yuqori va pastki
tomonlarga oson siljiydi.
Tizza
qopqog’ining
yuqori
tomoni
yumoloqlangan bo’lib, tizza qopqog’ining
asosi,
basis patellae, nomini olgan. Pastki
tomoni
cho’zilgan
ko’rinishda
tizza
qopqog’ining cho’qqisi,
apex patellae, ni hosil
qiladi.
Suyakning oldingi yuzasi,
facies anterior, g’adir-budur ko’rinishda. Orqa bo’g’im yuzasi,
facies articularis , vertical joylashgan qirracha
yordamida teng bo’lmagan ikki yuzaga
bo’lingan: kichik medial va kata lateral. Tizza
qopqog’ining orqa yuzasi son suyagi tizzausti
yuzasi bilan brikadi.
Boldir suyaklari Bolir suyaklari (ras. 184 – 189) katta va kichik
bolder suyaklaridan tashkil topgan. Kata boldir
suyagi suyagi medial holatda joylashgan,
kichik boldir suyagi esa boldirning lateral
tomonida joylashadi.
Katta boldir suyagi Katta boldir suyagi, tibia, (ras. 164, 184 – 187,
189), uzun suyak. Unda tana va ikkita epifiz:
yuqorigi va pastki farqlanadi.
Kata boldir suyagining tanasi,
corpus tibiae, uchqirrali shakilda. U uch tomonga: oldingi,
suyaklararo (tashqi) va medial hamda uch
yuzaga: medial, lateral, va orqa, ega.
Oldingi
tomon,
margo anterior ,
o’tkirlashgan va qirra ko’rinishiga ega.
Suyakning yuqorigi soxasida u kata boldir
suyagining g’adir-budurligi,
tuberositasi tibiae, ga qo’shilib ketadi. Suyaklararo tomon,
margo interossea, qirra ko’rinishida o’tkirlashgan va
kichik boldirning shu nomli tomoniga qarab
joylashadi. Medial tomon,
margo medialis, yumaloqlangan.