Страница | 96
Qov suyagining shoxlari quymich suyagi bilan
birgalikda
yopqich
teshigi,
foramen
obturatorium,
ni chegaralab turadi. Bu
teshikning yuqorigi qirg’og’idan orqadan
oldinga va medial yo’nalgan keng yopqich
egatchasi,
sulcus obturatorius,
o’tib, bu
egatchada shu nomli tomir va nervlar yotadi.
Chanoq
Chanoq,
pelvis (ras. 169 – 175), ikkita chanoq
suyagi, dumg’aza va dum suyaklaridan,
tashkil
topgan. Bu suyaklar bir-biri bilan simfiz,
bo’g’im, boylamlar bilan brikib bir butun
chanoq bo’shlig’i
, cavitas pelvis
, ni hosil qiladi.
Chanoq katta va kichik chanoqga bo’linadi.
Katta chanoq, pelvis major, ikki yondan
yonbosh
suyagining qirralari, orqadan esa –
pastki bel umurtqalari va dumg’aza asosi bilan
chegaralangan.
Katta
chanoqning
pastki
chegarasi
chegaralovchi
chiziq,
linea
terminalis,
bo’lib hisoblanadi. Bu chiziq
oldindan qov suyagining qirrasi, yon tomondan
yonbosh suyagining yoysimon chizig’i,
orqadan esa chanoq burni (dumg’azaning eng
oldinga turtib chiqib turuvchi qismi) orqali o’tib
qarama qarshi tomonga davom etib ketadi.
Kichik chanoq, pelvis minor, chegaralovchi
chiziqdan pastda joylashgan. Uning yon
devorlari yonbosh
suyagi tanasining pastki
qismlari va quymich suyagidan, orqa devori esa
– dumg’aza va dumdan, oldingisi – qov yoyi,
qrcus pubis, dan hosil bo’ladi.
Katta chanoqning kichik chanoqga o’tuvchi
joyi chegaralovchi chiziq bilan belgilangan
bo’lib, bu yer chanoqning yuqorigi
aperturasi,
apertura
pelvis
superior,
deb
ataladi.
Chanoqning pastki aperturasi,
apertura pelvis
inferior,
ikki
yondan
o’tirg’ich
do’mboqchalari, orqadan – dum, oldindan –
qov simfizi va qov
suyagining pastki shoxlari
bilan chegaralangan.
Chanoq hazm a’zolari va siydiktanosil
sistemasi, katta tomir va nervlar saqlanadigan
joy bo’lib xizmat qiladi. Uning shakli va
o’lchami individual xususiyat va sezilarli
ravishda jinsga ko’ra farlanadi.
Akusherlikda
chanoqning
o’lchamlari
o’lchanadi. (ras. 176, 177). Amoo chanoqning
ko’p ichki o’lchamlarini bevosita o’lchab
bo’lmaydi.
Shuning uchun bir qancha
chanoqning tashqi parametrlari o’rnatilgan:
uchta ko’ndalang va bitta to’g’ri.
Bundan tashqari, anatomiyada qurutilgan
chanoqda o’rganiluvchi, kichik chanoqning
qator o’lchamlari ishlatiladi: konyugatalar –
anatomik, chin, diagonal va diametrlar – to’g’ri,
ko’ndalang, qyshiq.
Dostları ilə paylaş: