167. Chanoq suyagi, os coxae, o’ng; tashqaridan korinishi. bo’lib yonbosh chuqurchasi,
fossa iliaca, deb
ataladi. Uning pastki qismi yoysimon chiziq
bilan chegaralangan. qanot ichki yuzasining
orqa dumg’aza suyagiga qaragan soxasi,
notekkis va dumg’aza-chanoq yuzasi,
facies sacropelvica, deb ataladi (ras. 165).
Dumg’aza-chanoq
yuzasining
oldingi
soxasida
katta
o’tirg’ich
o’ymasining
yuqorisida, oldindan va pastdan egatcha bilan
chegaralanga quloqsimon bo’g’im yuzasi,
facies auricularis, joylashgan. Quloqsimon
yuzaning orqa va yuqorisida yonbosh g’adir-
budurligi,
tuberositas iliaca, joylashgan.
Quymich suyagi Quymich suyagi, os ischii, (ras. 165 – 168),
ikki
qismdan
tashkil
topgan:
quymich
suyagining tanasi,
corpus ossis ischii, va
burchak ostida egilgan quymich suyagining
shoxi,
ramus ossis ischii. Suyakning
tanasi
quymich
kosasining
orqapastki qismini hosil qilishda ishtirok etadi.
Tananing orqa yuzasida suyak bo’tig’i –
quymich o’tkir o’sig’i,
spina ischiadica, joylashgan. Undan yuqori va orqaroqda katta
o’tirg’ich
(quymich)
o’ymasi,
incisura ischiadica major, pastroqda esa – kichik
o’tirg’ich o’ymasi,
incisura ischiadica minor ,
joylashgan.
Quymich suyagi shoxining oldingi tomonida
orqa yopqich do’mboqchasi,
tuberculum obturatorium posterius, mavjud. Shoxning
orqapastki
egilgan
tomonidagi
soxasida
o’tirg’ich do’mbog’i,
tuber ischiadicum, joylashgan. Shoxning pastki qismi oldingi
tomondan qov suyagning pastki shoxi,
ramus inferior ossis pubis, bilan qo’shilib ketadi.