atrof-muhit)ga bog‘liq bo‘lib, shular ta’sirida o‘tadi. Bolalikning har
bir davri o‘ziga xos anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlar bilan
belgilanadi. Ayni vaqtda bolada yangidan-yangi
sotsial ehtiyojlar va
atrofdagi muhitga nisbatan muayyan xildagi munosabatlar paydo
b o ia boshlaydi.
Bolalar autizmida bolani o‘rab turgan olamga va atrofidagi odam-
larga bo‘lgan munosabatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Bolalarda autizm
birmuncha ko‘proq uchraydi (10 000 chaqaloqdan 20-25 ga yaqini).
Ushbu kasallik o‘g ‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan 4-4,5
marta
ko‘proqdir. Autizm belgilarini bolaning chaqaloqlik davridan sezsa
boiadi. Bola rivojlanishining birinchi oylarida onasiga va yaqinlariga
nisbatan hosil boiadigan his-tuyg‘ular, emotsional holatlar sustligi
kuzatiladi. Yoshi kattalashgan sari atrofdagilar
bilan muloqoti ka-
mayadi, bola «o‘z ichiga kirib ketadi» va uni o‘rab turgan olamga va
atrofidagi odamlarga boigan munosabati o‘zgaradi. Bola suhbatlarda
ishtirok etmaydi, savollarga javob bermaydi. Emotsional holati sust
boiadi. Ularda ruhiy tushkunlik, g‘amginlik yoki cho‘kkan kayfiyat,
jismoniy va ruhiy aktivlikning pasayishi kuzatiladi.
Lekin tovushga,
yorugiikka va boshqa tashqi ta’sirlarga sezuvchanligi ortadi va besa-
bab xavotirlanish ustun turadi.
Bu kasallikning kelib chiqishiga boshmiyaning rivojlanish davri-
dagi shikastlanishi deb qaraladi. Ko‘pincha katta yarim sharlardagi
po‘stloq qismi bilan po‘stloq osti sohasidagi
mediobazal qismlari
o‘rtasidagi bogianishlaming uzilishi, katta yarim sharlar orasidagi
o‘zaro bogianishlar, miyachadagi chuvalchangsimon o‘simtaning
ayrim sohalarini gipoplaziyasi sabab deb hisoblanadi. Bu kasal
likning kelib chiqish sabablari hali to iiq o ‘rganilgan emas. Ba’zan
psixogen faktorlar natijasi yoki ayrim og‘ir kasalliklar (serebral para-
lich, alaliya, ochiq rinolaliya, duduqlanishning og‘ir ko‘rinishlari) sa
bab qilib ko‘rsatiladi. Oxirgi tekshirishlarga ko‘ra
autizmning kelib
chiqishi shartli ravishda irsiyatga ham bogiiqligi aniqlangan. Chunki
bolalar autizmi ko‘p hollarda xromosom va gen kasalliklar (fenilke-
tonuriya, tuberozniy skleroz, neyrofibromatoz va boshqalar) bilan
og‘rigan bemorlarda kuzatilmoqda.
163