Agar jarayon teskari bo‘lsa, ya’ni organizmda qandaydir mahsu-
lot to‘planadigan boisa, zaharli ta’sir ko‘rsatuvchi ortiqcha meto-
bolitlami parchalovchi yoki organizmdan chiqarib tashlovchi pre-
paratlar kiritiladi. Shu usul bilan mukovissidoz, ayrim miopatiyalar
davolanadi. Masalan: progressiyalashib boruvchi Dyushenn mushak
distrofiyasida bemorga ATF, vitamin E, anobolitik steroidlar, kaliy
orotati, asetilxolinesteraza preparatlari (prozerin, galantamin), В gu-
ruhiga kiruvchi vitaminlarberiladi. Ba’zi hollarda o‘rinni to‘ldiruvchi
terapiya muolajasi yaxshi samara bermasligi mumkin, sababi kiritil-
gan moddalar nishon hujayralariga yetib bormasligidir, chunki im-
munologik mos kelmaslik natijasida bu moddalar qisman yoki to‘liq
faollasha olmaydi.
Dostları ilə paylaş: