7
8
9
to
11
12
TO
20
21
2 2
Y
X
9-rasm
.
Odam kariotipi.
2.3.
Xromosomalaming kimyoviy tarkibi.
Xromosomalaming
90-92% nukleoproteidlardan iborat. Nukleoproteidlar yuqorida qayd
qilinganidek dezoksiribonuklein kislota - DNK, giston yoki protamin
oqsillardan tashkil topgan. Xromosomalar tarkibida bulardan tashqari
ribonuklein kislota - RNK, kam miqdorda kalsiy, magniy, temir ion-
lari va giston bo‘Imagan oqsillar uchraydi.
DNKning tuzilishi va funksiyasi.
DNK biopolimer bo‘lib, faqat
odamdagina emas, balki barcha eukariotlarda, shuningdek prokari-
otlarda irsiy axborot saqlovchi sanaladi. DNK molekulasining dast-
labki modeli 1953-yili Dj.Uotson va F.Krik tomonidan yaratilgan.
Ana shu modelga binoan DNK molekulasi qo‘shqavat spiraldan
tashkil topgan biopolimerdir. Uning monomeri bo‘lib nukleotidlar
35
sanaladi. Har bir nukleotid azotli asos, dezoksiriboza uglevodi, fos-
fat kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Nukleotidlar tarkibidagi azot
li asoslar bir-biridan farqlanadilar. Azotli asoslar to ‘rt xil bo‘lib,
ulami
adenin-guanin purin azotli asoslari
,
sitozin-timin pirimidin
azotli asoslari
deb nomlanadi. Nukleotidlar DNK ning bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan spiralida komplementarlik tamoyili asosida,
ya’ni adenin qarshisida timin, guanin qarshisida sitozin joylashgan
(10-rasm). Fosfat kislota qoldig‘i spiralning tashqi, azotli asoslar
esa ichki qismidan o ‘rin oigan. DNK ning qo‘shqavat zanjiri bir-
biri bilan azotli asoslar o ‘rtasidagi vodorod bog‘lar orqali birikkan
bo‘ladi. DNK modelini yaratishda Chargaff kuzatishi hal qiluv-
chi ahamiyatga ega b o ‘ladi. Uning kuzatishicha DNK dagi guanin
miqdori sitozinga, adeninniki esa timin miqdoriga teng. Boshqacha
qilib Chargaff qoidasini
A+G
A=T; G=S yoki --------- = I teng deb izohlanadi.
S+T
Nukleotidlar bir-biri bilan bir pentozning 5 ‘ uglerod o‘mi va ikkin
chi pcntozning 3 1 uglerod o‘mini fosfat gumhi orqali birikishi tufayli
bog‘lanadi. Bunda hosil bo‘lgan DNK ning uglevod-fosfat ko‘prigi
5 - 3 1 bog‘lanishda bo‘ladi. DNK ning ikkinchi spiralida nukleotidlar
pentozalar bir-biri bilan 3 - 5 1 yo‘nalishda bog‘lanadilar. Genetik ax-
borot nukleotidlaming 5 - 3 1 yo‘nalishda joylashganligi sababli uni
ma’noli, ikkinchi spiralning, ya’ni nukleotidlar 3 - 5 1 yo‘nalishda
joylashganlarini m a’nosiz DNK deb nomlanadi. DNK ning m a’nosiz
zanjirini m a’noli zanjiming shikastlangan bo‘laklarini tiklashda
muhim rol o ‘ynaydi. Binobarin, DNK ning bir zanjiridagi nukleo
tidlaming ketma-ket joylanish tarkibi ikkinchi zanjirdagi nukleo
tidlaming joylashish tarkibini belgilab beradi. Shunday qilib, DNK
zanjiridagi nukleotidlaming ketma-ketligi bir-biriga antiparellel va
komplementardir.
36
|