faza, metafaza, anafaza, telofazalar mavjud. Shu sababli reduksion
va ekvatsion bo‘linish fazalarini farqlantirish
maqsadida reduksion
bo‘linish fazalari oldiga I rim raqami, ekvatsion fazalari oldiga esa II
raqami yoziladi.
Meyoz xuddi mitoz singari interfazadan boshlanadi. Meyoz
bo‘linishning I profazasi ayniqsa juda muhim sanaladi. Chunki u uzoq
muddatli murakkab jarayonlami qamrab oladi. I profazada ikkita xro-
motiddan iborat bo‘lgan xromosomalar har biri spirallasha boshlaydi,
yo‘g ‘onlashadi va kattalashadi. So‘ngra bolaga ota va onadan o ‘tgan
har bir juft xromosomalar uchlari bilan bir-birlariga yaqinlashadilar,
key in uzunasiga yopishib yonma-yon joylashadilar.
Shunday holat
xromosomalar tetradasi deb nomlanadi. Gomologik juftli xromoso
malaming o ‘zaro uzunasiga yopishishi
konyugatsiya hodisasi
de-
yiladi. Ba’zi vaqtlarda konyugatsiyalashgan
xromosomalar bir-biri
bilan o ‘z xromotidlarining o‘xshash qismlari bilan almashinadilar.
Bu hodisa
13-rasmda.
aniq ko‘rsatilgan. Gomologik juft xromoso
malaming ayrim qismlari bilan o ‘zaro almashinuvi xromosomalar
chalkashuvi yoki krossingover
hodisasi deb ataladi. Krossingover
hodisasi genlaming, ularning ta’sirida
rivojlanadigan belgilaming
birikkan holda irsiylanishida va duragaylar avlodida yo ota yoki ona
belgilarinigina emas, balki ulaming ayrim belgilarini o‘zida mujas-
samlashtirgan organizmlar rivojlanadi.
I profazada krossingoverdan tashqari mitozning profazasiga
o‘xshash yadro qobig‘i parehalanadi, yadrochalar yo‘qoladi, sentrio
lalar ikki qutbga yo‘naladilar.
I
metafazada xromosomalar juft-juft
holatda hujayraning marka-
ziy qismiga to‘planadilar.
I
anafazada esa juft-juft xromosomalar o ‘z sentromeralarini saqla-
gan holda ikki qutb tomon harakatlanadilar.
I
telofazada xromosomalar soni ikki marta kamaygan holda
bo‘ladi.
Masalan, I profazada krossingoverdan oldin odam hujayrasi 46
juft xromatidlar bo‘lgani holda, I telofazada ikki marta kam 23 juft
bo‘ladi.
41