Odam genetikasi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

5
10-rasnu Polinukleotid zanjirning tuzilish sxemasi.
DNK replikatsiyasi
DNK molekulasining o‘z-o‘zidan ikki ma- 
rotaba ko‘payishi DNK 
replikatsiyasi
(lotincha rcplicare - o‘zini 
ko‘paytirish) deb ataladi. DNK replikatsiya jarayonining asosiy mo- 
hiyati avlodlami aniq genetik axborot bilan ta’minlashdan iborat. 
Odatda DNK dagi irsiy axborot uning tuzilishida mujassamlashgan. 
DNK molekulasi qo‘shqavat zanjirdan tuzilganligi sababli, uning har 
bir zanjiri avtomatik ravishda yetishmagan zanjimi tiklash uchun ax­
borot zamini sanaladi.
1957-yili Delbruk va Stent DNK replikatsiyasi to‘g ‘risida uch xil 
ilmiy taxminlami ilgari surdilar. Bu ilmiy taxminlar turg‘un, yarim 
turg‘un, dispersion farazlar deb ataladi.
Turg‘un ilmiy farazga binoan qo‘sh spiralli DNK molekulasi yan- 
gi DNK molekulasini sintez uchun qolip rolini o‘ynaydi. Binobarin
turg‘un ilmiy
farazga ko‘ra 11-rasmda 1-holat DNK qo‘shqavat spi- 
ralini saqlagan holda yangi DNK molekulasini hosil qiladi. Oqibatda 
ikki bo‘lingan hujayra biri oldingi DNK molekulasini, ikkinchisi yan­
gi sintezlangan DNK molekulasini oladi.
Yarim turg‘un
ilmiy faraz bo‘yicha 11-rasmda 2-holat DNK 
qo‘shqavat spirali bir-biridan ajraladi va komplementarlik qonuniga
37


ko‘ra har ikki spiral o ‘zining yo‘qotgan zanjirini tiklaydi. Binobarin 
sintezlangan ikki DNK molekulasini bir zanjiri eski, ikkinchisi yangi 
sanaladi.
11-rasm. DNK replikatsiyasi.
Dispersion
replikatsiya ilmiy faraziga binoan 11-rasmda 3-holat 
boshlangich DNK uzunligi har xil bo‘lgan bo‘laklarga ajraladi va 
ulaming har biri yangi qo‘shqavatli DNK molekulasini sintezlash 
uchun qolip vazifasini o ‘taydi. So‘ngra ana shu boiaklar o ‘zaro 
birikib yaxlit DNK molekulasini hosil qiladi.
Keyinchalik M.Mezelson va F.Stal avtoradiografik metodi yordami­
da yarim turg‘un ilmiy faraz barcha eukariot organizmlar shu jumladan, 
odamda va ko‘pchilik prokariotlarda o‘z tasdigini topganligini m aium
qiladilar. Faqat viruslaming ayrim xillarigina dispersion va turg‘un il­
miy farazlarga binoan nuklein kislotani replikatsiya qilish mumkinligi 
aniqlandi. 1955-yili A.Komberg va uning hamkasblari DNK replikatsi- 
yasini ta’minlaydigan fermenti borligini ixtiro qildilar va uni polime- 
raza deb nomladilar. Polimeraza fermenti komplementar nukleotidlami 
boshlangich DNK spiraliga yig‘adi. Masalan, boshlangich spiralda 
A-nukleotid joylashgan boisa, uning to‘g ‘risida T nukleotidining 
boshlangich spiralda G-nukleotidi boisa, uning qarshisida S-nukleo- 
tidini o‘matadi. Polimeraza fermentlari DNK qo‘sh zanjiridagi har bir
38


zanjir nukleotidlarini ajratish funksiyasini ham bajaradi. Demak, DNK 
polimeraza fermenti DNK ning qo‘shqavat zanjirini ikkiga ajrata olish 
va qayta tiklash funksiyasini o ‘taydi.
DNK tuzilishi va funksiyasini bilish irsiy axborot uzatish bilan 
aloqador genetik jarayonlar mohiyatini anglashda muhim o ‘rin tu- 
tadi. DNK hujayra yadrosida joylashganini, aminokislotalardan oq­
sil molekulasining sintezlanishi esa sitoplazmada ro‘y berishligini 
e’tiborga olinsa, bu jarayonda DNK molekulasi oqsil biosintezi uchun 
bevosita 
«qolip»
vazifasini o‘tay olmasligi m a’lum bo‘ladi. Boshqa­
cha aytganda DNK dagi genetik axborot qandaydir oraliq molekulaga 
uzatilishi, u esa o ‘z navbatida ana shu axborotni sitoplazmaga ta- 
shishi va polipeptid zanjimi sintez qilishda qatnashishi mumkin, deb 
taxmin qilish lozim. Bunday taxmin birinchidan ko‘p oqsil sintez qi­
ladigan hujayralarda ko‘p RNK borligiga, ikkinchidan DNK va RNK 
ning uglevod-fosfat «sklet»ini o ‘zaro o‘xshashligiga asoslanadi. 
Bunday oraliq molekula RNK boiishi mumkinligi DNK ning tuzi­
lishi qo‘shaloq spiraldan iborat ekanligi aniqlangandan so‘ng ma’lum 
b oidi. Modomiki shunday boisa, u holda, DNK ning bir zanjirida 
RNK molekulasi sintezlanishi tabiiy bir hoi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin