Odam genetikasi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

xususiyat - irsiyat

muhit.
Irsiyatning ahamiyati haqida gapirganda organizmda belgilar 
emas, balki genlar irsiylanishini esda tutish lozim. Bola ota-onadan 
filer yuritish, bilishga bo ‘lgan nisbatan barqaror aqliy qobiliyatni (in- 
tellektni) emas, balki hayoti davomida o ‘stirib bora oladigan m a’lum 
bir aqliy xususiyatni oladi. Masalan, bola ota-onasidan ravon nutqni 
irsiyat sifatida qabul qilmaydi, balki shu nutqning rivojlanishiga olib 
keladigan xususiyatni, y a ’ni irsiy programmani oladi. Tarbiya va 
tashqi muhit ta ’sirida bu xususiyat ayrimlarda katta natijalarga olib 
kelsa, ayrimlarda past natijalam i ko‘rsatadi.
Demak, bolalam ing rivojlanish jarayoni ham har xil kechadi. Bu 
bilan aqliy qobiliyati ham turlicha boTadi. Tashqi muhit bola irsiya- 
tida jo y oigan irsiy programm aning yuzaga chiqishiga asosiy sabab- 
chilardan biri bo ‘lib qoladi.
Tashqi muhitning organizmga ta’siri ikki xil b o ‘lishi mumkin:
1. 
Ichki ta ’sir - organizmda kechayotgan biokimyoviy, fiziologik 
jarayonlar ta ’siri.
134


2. 
Tashqi ta ’sir - organizmning yashash muhiti natijasida qabul 
qiladigan ta ’siri.
Hozirgi vaqtda genetika fanining yutuqlari, psixologiya va psixi- 
atriyada olib borilgan tajribalarnatijasida, odam organizmining psixik 
va neyrokimyoviy (reaksiyasi) xususiyati normada yoki patologiyasi 
borligi tez aniqlanadi. Ushbu mavzuda biz odamlarda uchraydigan 
ayrim aqliy o ‘zgarishlarga olib keladigan kasalliklar haqida suhbat- 
lashamiz.
Aqliy qoloqlik deganda bolaning fikrlash qobiliyati, atrof-muhitni 
anglash va bilish qobiliyati rivojlanishdan orqada qolishiga aytiladi. 
Shuning uchun bu tushunchani klinik manzara natijasi deb emas, 
balki tibbiy-pedagogik tushuncha deb qabul qilish lozim. «Aqliy 
qoloqlik» termini «Demensiya» terminidan farq qiladi. «Demensiya» -
bu m a’lum sabablarga k o ‘ra intellcktning pasayishidir.
Aqliy qoloq bolalar ichida oligofreniya birinchi o ‘rinda turadi. 
Bolalaming 75-80% oligofreniyadan aziyat chekadi. Bu kasallik qu- 
yidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
a) erta boshlanishi, y a’ni (2-2,5 yosh) bolalaming nutqi rivojla- 
nishigacha bo‘lgan davr;
b) fikrlash, bilish qobiliyati o ‘smay qolishi;
d) umumiy rivojlanishdan orqada qolishi.
Demensiya esa ancha kech rivojlanadi. Uning sabablari turlicha 
b o iish i mumkin: bosh miyaning shikastlanishi, shizofreniya yoki 
epilepsiyaning og‘ir asoratlari, ayrim irsiy kasalliklar. Hozirda aqliy 
qoloqlikning rivojlanishi va etiologiyasiga qarab quyidagi klassifi- 
katsiyasi qoilaniladi:
a) chegaralangan aqliy qoloqlik;
b) debillik;
d) o ‘rtacha imbesillik (o‘rtacha og‘irlikdagi aqliy qoloqlik);
e) yaqqol namoyon b oiad ig an imbesillik (keskin kechadigan aqliy 
qoloqlik);
f) idiotiya (chuqur aqliy qoloqlik);
g) kechish xususiyati aniqlanmagan aqliy qoloqlik.
Lekin genetiklar aqliy qoloqlikni alohida ajratib o ‘rganmaydilar, 
balki irsiy kasalliklaming bir simptomi sifatida qaraydilar. Ulami
135


rivojlanishi, kechish jarayoni kasallikning kelib chiqish mexanizmiga 
b o g iiqligin i ta ’kidlaydilar. Kasallikning genetik o ‘zgarish xususi- 
yatiga qarab:
a) xromosomalaming o ‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan aqliy 
qoloqlik,
b) monogen kasalliklar natijasida kelib chiqadigan aqliy qoloqlik;
d) multifaktorial kasalliklar natijasida 
kelib chiqadigan aqliy
qoloqlik xillariga b oiin ad i.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin