147
vaqt davomida muntazam ravishda ta’sir qilishi natijasida burundagi
hid bilish retseptorlari mazkur hid ta’siriga moslashadi va odam
bu hidga o‘rganib, unga e’tibor bermaydigan bo‘lib qoladi. Hid
bilish analizatori upa-elik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxo-
na xodimlarida, oshpazlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Burun
shilliq
pardasining tez-tez yallig‘lanishi (tumov bo‘lish) va uni o‘z vaqtida
davolatmaslik hid bilishning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Ta’m bilish organlari (ta’m bilish analizatori).
Ta’m bilish
retseptorlari til so‘rg‘ichlarida, yumshoq tanglay va tomoq shilliq
pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida
joylashgan. Ayniqsa, til uchida, uning yon va orqa qismida
retseptorlar ko‘p bo‘ladi. Retseptorlar ovqat tarkibidagi kimyoviy
moddalar ta’sirida qo‘zg‘aladi. Ularning qo‘zg‘alishi til-halqum nerv
tolalariga o‘tib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq
miyadagi ko‘rish do‘mbog‘i, so‘ngra bosh miya yarimsharlari
po‘stlog‘i chakka qismining yuqori sohasidagi ta’m bilish markaziga
boradi. Bu markazda ta’sir analiz va sintez qilinib, uning tabiati
ta’m sifatida aniqlanadi (79-rasm).
Odam to‘rt xil ta’mni: sho‘r, nordon, shirin va achchiqni
bilish qobiliyatiga ega. Til uchidagi retseptorlar shirinni, yon
tomondagilari sho‘r va nordonni, orqa qismidagi retseptorlar
achchiqni sezadi. Oshpazlarda ta’m bilish analizatori yaxshi
rivojlangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: