150
80- rasm. Ayolning jinsiy organlari:
1
— tuxumdon;
2
— tuxum yo‘li;
3
— bachadon;
4
— qin;
5
— jinsiy
lablar;
6
— qovuq (siydik pufagi);
7
— tashqi siydik yo‘li;
8
— qov
suyagi;
9
— to‘g‘ri ichak.
1.
Ko‘payish qanday ahamiyatga ega?
2.
Erkaklarning jinsiy organlari tuzilishini ayting.
3.
Ayollar jinsiy organlari tuzilishini tushuntiring.
4.
Hayz ko‘rish nima?
53- §. Urug‘lanish va homilaning rivojlanishi
Odamning hayoti ona organizmida ikkita jinsiy hujayraning,
ya’ni tuxum hujayra bilan spermatozoidning qo‘shilishidan bosh-
lanadi. Bu ikki hujayraning qo‘shilishidan
bitta yangi hujayra,
ya’ni yangi organizm paydo bo‘ladi.
Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har birida 23 tadan xro-
mosoma bo‘lib, ularning 22 tasi ota va ona organizmining irsiy
belgilarini bolaga o‘tkazadi.
Bunyod bo‘lgan bolaning jinsi ayol va
erkak jinsiy hujayralarining
23- xromosomasiga bog‘liq. Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- xromosoma
iks (X) bo‘lib, erkak jinsiy hujayrasidagi 23- xromosoma iks yoki
igrek (X yoki Y) bo‘ladi. Iks xromosomali erkak jinsiy hujayra
(spermatozoid) ayol jinsiy hujayrasi (tuxumi) bilan qo‘shilsa,
homila qiz bo‘ladi. Y xromosoma erkak jinsiy hujayra (spermatozoid)
ayol jinsiy hujayrasi (tuxumi) bilan qo‘shilsa, homila o‘g‘il bo‘ladi.
151
Shunday qilib, hosil bo‘lgan bolaning
jinsi otaning jinsiy
hujayrasiga bog‘liq, ammo bu uning ixtiyoriga yoki xohishiga bog‘liq
emas.
Ayol va erkak jinsiy hujayralari tuxum yo‘lida qo‘shilishidan
bitta hujayra, ya’ni yangi organizm hosil bo‘ladi, unda 46 ta
xromosoma bo‘ladi. Bu hujayra paydo bo‘lgandan boshlab bir hafta
davomida tuxum yo‘lida bo‘linib ko‘paya boshlaydi va asta-sekin
tuxum yo‘lidan siljib bañhadon bo‘shlig‘iga o‘tadi,
uning devoriga
birikib, rivojlanadi.
Bachadon bo‘shlig‘iga o‘tgan homilaning tashqi qismidan qon
tomirlariga boy bo‘lgan maxsus hujayralar birikmasi (yo‘ldosh)
hosil bo‘lib, u orqali homila bachadon devoriga birikadi (81- rasm).
Mazkur hujayralardan
kindik
shakllanib,
undagi arteriya va vena
qon tomirlari orqali bola ona organizmining qon tomirlari bilan
tutashadi. Yo‘ldosh homilani oziqlantirish bilan birga,
uni ona
organizmidagi zararli kimyoviy moddalar, mikroblar ta’siridan
ma’lum darajada himoya qilib turadi. Yo‘ldoshning shikastlanishi,
uning bachadon devoridan ajralishi homilani
xavf ostida qoldirishi
mumkin.
Homila usti yupqa (amnion) parda bilan qoplanib, uning
bo‘shlig‘i amnion suyuqligi bilan to‘la bo‘ladi. Bu suyuqlik homila
Dostları ilə paylaş: