153
yoshi (7—11 yosh); o‘rta maktab yoshi (12—14 yosh); katta maktab
yoshi (15—18 yosh) ga bo‘linadi. 12—18 yosh o‘smirlik davridir.
Chaqaloqlik davri.
Bola bir oylik bo‘lguncha chaqaloq hisob-
lanadi.
Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo‘lib,
u har xil kasalliklarga tez chalinadi. Shuning uchun uni parvarish
qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga
ko‘ra, chaqaloq 40 kunlik bo‘lguncha
chilla davri
deb ataladi. Bu
davrda
ona va bola juda avaylab, ehtiyot qilinadi. Buning natijasida
ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi. Bolaning kindigi
kesilgandan keyin uning o‘rni bitgunicha (8—12 kun) jarohatni
toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Kindik
yarasiga brilyant yashili surtib turiladi.
Bolaning
terisi juda yupqa, nozik bo‘lganligi uchun uni
nihoyatda toza saqlash kerak. Yo‘rgaklari toza, dazmollangan
bo‘lishi, parvarish qiluvchi kishi qo‘lini sovunlab yuvib turishi va
og‘iz-burniga to‘rt qavatli doka niqob tutishi kerak.
Chaqaloqning hazm organlari juda nozik bo‘lganligi sababli
uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak.
U onasini
emib o‘sa boshlaydi. Ona suti bo‘lmasa yoki yetishmasa, sun’iy sut
aralashmalari beriladi.
Emadigan davri.
Bu ikki oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi.
Bola o‘sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari, nerv
sistemasi, tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi. Bir oylik
bolada ko‘rish organining faoliyatini
yaqqol kuzatish mumkin, ya’ni
u o‘yinchoq qimirlagan tomonga ko‘z soqqasini harakatlantiradi.
Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi, kuladi,
qo‘llari bilan o‘yinchoqqa talpinadi, boshini tik tuta boshlaydi, tikka
qilganda oyoqlarini yerga tiraydi.
Besh oylik bola o‘ziga yaqinlarini taniy boshlaydi, kuladi,
qiyqiradi; 7 oylikda bemalol o‘tiradi, emaklaydi, 8
oylikda buyumlarni
ushlab o‘rnidan tura boshlaydi; 11 oylikda oddiy so‘zlarni ayta
boshlaydi va qo‘lidan yetaklasa yuradi; 12 oylikda o‘zi yura boshlaydi
va 10—12 ta so‘zni ayta oladi.
Bolaning suyak sistemasi normal rivojlanganligi uning sut
tishlari chiqishi bilan ham belgilanadi. Sut tishlari 6—7 oylikda
chiqa boshlaydi va 1 yoshga to‘lganida 8 ta sut tishi bo‘lishi kerak.
Bola boshining ensa va tepa suyaklari o‘rtasida
kichik liqildoq
154
(bo‘sh joy), peshana va tepa suyaklari o‘rtasida
katta liqildoq
bo‘ladi.
Bolaning boshini avaylab ushlash, biron narsaga urilishidan ehtiyot
qilish kerak (83-rasm).
D vitamini yetishmasa, bola suyaklarining
shakllanishi buziladi,
liqildoqning bitishi va sut tishlarining chiqishi kechikadi.
Suyaklar yumshab egiluvchan bo‘lib qoladi.
Chaqaloqning umurtqa pog‘onasi tekis bo‘ladi, ya’ni unda
fiziologik egriliklar bo‘lmaydi. U 8—10 haftalik bo‘lganda, boshini
tikka tuta boshlaydi va umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida oldinga
egilish hosil bo‘ladi. Bola 5 oyligida o‘tira boshlaydi va uning umurtqa
pog‘onasi ko‘krak qismida orqaga egilma hosil bo‘ladi. Bir yoshga
kirgan bola yura boshlaydi va uning bel
umurtqasida oldinga tomon
egilma hosil bo‘ladi (84- rasm).
Dostları ilə paylaş: