Og`zaki bayon qilish usullari Reja



Yüklə 92,28 Kb.
səhifə1/5
tarix28.04.2023
ölçüsü92,28 Kb.
#104370
  1   2   3   4   5
Og`zaki bayon qilish usullari

Og`zaki bayon qilish usullari

 

Reja:

 

  • Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi.
  • Ularning farqlari, xususiyatlari turlari. Suhbat, savol – javob.
  • Savol-javoblarga qo’yilgan talablar.

O’qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim manbalari ichida o’qituvchining jonli so’zi, nutqi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.

  • O’qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim manbalari ichida o’qituvchining jonli so’zi, nutqi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.
  • Jonli nutq o’quvchi ongiga tez yetib boradi. Uni ma’lum xulosalarga olib keladi. O’qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko’nikma va malaka manbai bo’lish bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega. O’qituvchi nutqidagi mantiq, intonatsiya, urg’uning kuchi dalillarning jonli va ishonarli bo’lishi o’quvchilarning ongiga, his - tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ularni fikrlashga o’rgatadi, ma’lum xulosalarga olib keladi. Jonli nutq o’quvchilarning bilim olishdagi boshqa manbalar: ko’rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlash, fikr yuritishga ham yo’l ochib beradi.

O’qituvchi dars jarayonida o’quv materiallarini og’zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko’rsatmali qurollardan foydalanadi.

  • O’qituvchi dars jarayonida o’quv materiallarini og’zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko’rsatmali qurollardan foydalanadi.
  • O’qituvchining og’zaki bayonini keng ma’noda tushunmoq kerak.
  • Jonli nutq deganda, ta’limning og’zaki metodigina emas, balki, o’qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so’zini, uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish yo’llarini izohlashga doir so’zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so’zini, o’quvchilarga beriladigan turli yo’l - yo’riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. O’qituvchining jonli so’zini o’quvchilarning o’qib – o’rganishi va bilim faoliyatini boshqarishi, unga rahbarlik qilish yo’llari va vositalarini ham o’zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o’quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo’lishini ta’minlaydi.

Yüklə 92,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin