Oila pedagogikasi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

2.2. Oila ma’naviyati
0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi ja­
miyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan 
poklanish, oila, oilaviy munosabatlar, oilada ma’naviy va 
jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasida ham 
jiddiy o'zgarishlar qilishni taqozo etdi. Jumladan: oilaning 
jamiyatdagi o‘mi, oilaviy munosabatlaiga bog‘liq milliy 
an’analar, sermazmun milliy qadriyatlaming ildizlari ajdod- 
larimiz merosini o‘rganish va ommalashtirish, milliy oilaviy 
tarbiyada umuminsoniy qadriyatlaming o‘mini yuksaltirish va 
uning oilada uyg'unlashuvini ta’minlash, o‘zbek oilasiga xos
38


xususiyatlami (mentalitetini) yaratish va keng targ‘ib etish 
jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish oilani istiqlol maf- 
kurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning garo- 
vidir.
'H ar bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umumin- 
soniy qadriyatlaming birligidan tashkil topadi. Ma’naviy 
meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona egallash va 
rivojlantiiish esa hoziigi avlodning vazifasidir. 0 ‘z madaniy 
merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik man- 
qurtlikdir. Ulami boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga intil- 
maslik esa millat va uning istiqloli uchun fojeadir. Ma’na­
viyati yuksak darajada rivojlangan insongina istiqlol
vatanimizning ulug‘ bir kelajagi uchun mehnat qilishga 
o‘zida kuch va qudrat topa oladi.
Shaxs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va 
jamiyat 
ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Shu boisdan, madaniy merosdan, bugungi kun qadriyat- 
laridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqara 
bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va 
ma’naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy ama- 
liyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko‘z bilan qaray olish -
mustaqillikni mustahkamlashning muhim ma’naviy asosidir. 
Mana shu ma’naviy asos har bir ota-ona, oilaga kirib 
borsagina oila ma’naviyati qaror topishi tabiiydir. Aksincha, 
bo‘lsa esa oiladagi har bir yoshni jamiyatimizda bo‘layotgan 
o‘zgarishlami noto‘g‘ri talqin etishga olib keladi.
0 ‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oya- 
lariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqa- 
rashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’u- 
liyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga
39


yetkazish kelajagi buyuk o‘zbekistonning gullab-yashnashi 
uchun garovdir,
Yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati, 
qadri, burch, mas’uliyat, oila vazifalari, oilada barkamol 
farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash, uning 
osoyishtaligini saqlash kabi vazifalami anglab yetadi va unga 
amal qiladi.
Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, 
vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob 
qilib tarbiyalaydi.
Ma’naviyat ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va 
san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, 
an’analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va zamonaviy 
qadriyatlaming ta’sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar 
oilada ota-ona, 
katta yoshdagi oila a’zolari ta’sirida 
shakllanadi.
0 ‘zbek xalqi qadimdan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor 
qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan foydalanib, 
mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlami 
tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir.
Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh avlod 
ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari, 
tarbiya usullari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘mi, o‘ziga xos 
ijobiy tarixini singdirish, undan g‘ururlanish hissini tarbiya- 
lashdan boshlanadi. 0 ‘z ota-onasidan, oilasi, avlod-ajdodlari 
tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati, xalqi, tili, 
dini, madaniyatidan g‘ururlanishi, uni avaylab-asrashi, du- 
nyoga ko‘z-ko‘z qilishi tabiiydir. Buning uchun oilada 
bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «sen tarixi boy, ulug‘ 
millatning farzandisan», «sen ulug‘ mutafakkirlar, allomai- 
zamonlami dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlaming
40


ajdodisan», «o‘zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqqa, 
sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng 
go‘zal, boy diyor» kabi tushunchalami singdirib bormoq 
lozim.
Yurtboshimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: «har bir inson- 
ning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan 
yoshlaming ongiga shunday fikmi singdirish kerakki, ular 
o'rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi o‘zlariga bog‘liq 
ekanligini, ya’ni bu narsa ulaming sobitqadam shijoatiga, 
to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnat-sevarligiga bog‘- 
liq ekanini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa dav- 
latimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir». Shu 
boisdan ham yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, ulami 
jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida 
faol ishtirok etishlarini ta’miniash har bir oilaning, fuqa- 
roning, davlat va nodavlat tashkilotlarining burch va vazifasi 
hisoblanadi.
Yurtboshimiz o‘zlarining nutqlarida yoshlar tarbiyasi, 
oilada tarbiya masalasiga barchaning diqqatini qaratayotgani 
bejiz emas, chunki XXI asrda yashab samarali mehnat qilish, 
o‘zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etish asosan bugun- 
gi 
yosh avlod zimmasiga tushadi. Shuning uchun yoshlami 
chuqur bilimli, yuksak madaniyatli, mehnatsevar va tashab- 
buskor shaxslar yetib shakllantirish oilada hayot taj-ribasiga 
ega, turmushning achchiq-chuchugini qurgan, qi-yinchi- 
liklarda toblangan yoshi ulug‘larimiz, faxriylarimiz va ota- 
onalaming, shu bilan birga, mazkur ishga da’vat etilgan 
tarbiyachilar va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.
Sir emaski, ma’naviy-ma’rifiy islohotlaming mazmun va 
mohiyatini teran anglamaslik, loqaydlik, mahalliychilik
ma’naviy va moddiy qadriyatlarga beparvolik oila ma’na-
41


viyatiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardir. Buning oldini olish- 
ning muhim vositalaridan bid oilada bo‘sh vaqtni samarali 
tashkil etishdan iboratdir.
I .A. Karimov 0 ‘zbekiston Resiublikasi Oliy Kenga- 
shining birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida aytganlariday, 
«San’atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida, 
matbuot vositalarida bo‘lmag‘ur lavhalarni aks ettirish, 
bema’nilik va hayosizlikni, ba’zan esa hatto axloqiy buzuq- 
likni targ'ib qilishlar ko‘rinib qolgan» edi.
Bunday milliy urf-odatlarimiz va axloqimizga zid 
keladigan qiliqlar qaerdan paydo bo‘ldi? Davr taqqozosimi? 
Insoniyat kamoloti ifodasimi? Yoki ma’naviy-tarbiyaviy 
ishlarimizning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligimi?
Shuni unutmaslik kerakki, insoniyat va millatlar takomili 
hech qachon milliy an’analami poymol etish, axloqu odob 
pardalarini g‘ijimlash evaziga emas, aksincha, insonni yanada 
balandroq ma’naviyat, poklik va odob cho‘qqisiga olib 
chiqishda namoyon bo‘ladi.
Odamlaming ongini, ruhiyatini, ismu jismini poklantirish 
hozirgi kundagi tarbiyaviy-ma’naviy faoliyatimizning asosini 
tashkil etmoqda. Bunga sabablar ko‘p. Bir o'rinda o‘tmish 
davrlar asoratidan qutilish ko‘zda tutilsa, ikkinchi o‘rinda 
inson tabiatida uchraydigan, kezi kelganda xuruj qilib turadi- 
gan qusurlardan qutulish ehtiyoji ham mavjud. Mustaqillik 
zamoni ana shunday obyektiv va subyektiv insoniy 
xususiyatlar, fazilatlami poklantirish yo'liga, azaliy va milliy 
taraqqiyot o‘zaniga solib yubordi. Milliy qadriyatlarimiz, urf- 
odatlarimiz o‘zining umumbashariy mohiyatini namoyon 
etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Milliy an’ana va qadriyatlar rivoji shunday bir dialektik 
prinsipga asoslanganki, kimki o‘z xalqi milliy qadriyatini
42


boshqa millat qadriyatlariga teskari qo‘ymagan holda va 
aksincha, boshqa millat ma’naviyatini chuqur his qilish 
darajasiga o‘sib chiqsa va o‘z milliy qadriyatini bemalol va 
beminnat namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lsa, milliy 
munosabatlarda do'stona iqtisodiy va ma’naviy muloqotdan 
o‘zga niyat bo‘lmasa, ana shunda turli millatlaming 
ma’naviyatini ifodalovchi umumbashariy qadriyatlar o‘sib 
boraveradi.
0 ‘z tarixini, ma’naviyatini, qadriyatlami o‘zi bunyod 
etuvchi xalq, elat va millatlarga endi shunday imkoniyatlar 
yaratilmoqdaki, xalqimizning ham jahon xalqlariga faxrlanib, 
iftixor tuyg‘usi bilan ko‘z-ko‘z qiladigan fazilatlari qanchalik 
mo‘l-ko‘1 bo‘lsa, 
yangi tug‘ilib, 
shakllanib qoladigan 
qusurlami bartaraf etishga ham aqli va zakovati yetarlidir. 
Buni milliy urf-odatlarimiz, axloqu odobimiz, chin insoniy 
ne’matlarimiz taqozo etadi.
Binobarin, «Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf- 
odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda 
islohotlar muvaffaqiyatga erishadi. 0 ‘ta o‘qimishli, ruhan 
bardam va jismonan baquwat kishilargina istiqlol va taraq- 
qiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Sarchashmalari buyuk ajdod­
larimizning tafakkurlari va muddaolaridan boshla-nadigan 
xalqimizning ma’naviy qadriyatlari iqtisodiy o‘zgar-tirish- 
larimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi».1
Oilaviy bayramlami nishonlash, yoshlar tarbiyasida alia, 
ertak, xalq maqol va matallaridan, qo‘shiqlaridan samarali 
foydalanish, birgalikda madaniy xordiq, chiqarishni, milliy 
sport o‘yinlari va musobaqalarini, tarixiy obidalar va qada- 
mjolarga sayohatlar uyushtirish, boshqa millat ma’naviyatiga

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin