zam xo‘rlash va ruhiy ta’sir ko‘rsatish hamda boshqa yo‘llar bilan o‘limga olib borish kabilar kiradi. Tajriba ko‘rsatadiki, bunga oilada bo‘lib turadigan uzoq davomli janjallar ham sabab bo'ladi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ayollarga nisbatan zo'ravonlik jahondagi barcha mamlakatlaiga, ulaming siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan qat’i nazar, mavjud holat hisob lanadi. Hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham shunday holatlami kuzatish mumkin. Masalan, Yaponiyada 59 foiz ayol jismoniy zo‘ravonlik quiboni bo‘ladilar. AQShda 40 foiz, Kanadada 25 foiz va hakozo. Sotsiologlar xulosasiga ko‘ra, 60 mln. ayol turli shakldagi kamsitilish, tahqirlash va zo‘ravonlik quiboni bo‘ladilar. Afrika mamlakatlarida (Tan- 339
zaniya 60 %), Janubiy Osiyo (60 %), Lotin Amerikasida (57 %) ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kuchayib borayotganligini ko‘rish mumkin. Zo'ravonlik natijasida juda katta iqtisodiy zarar ko‘riladi, ayollaming ish joyida mehnat unumdorligi kamayadi, oilaning ma’naviy-axloqiy tomoniga, uning nor mal rivojlanishiga tiklab bo‘lmas darajasida zarar yetadi. Ayollaming haq-huquqlari davlat hududining barcha qismlarida, xoh qishloqda bo‘lsin, xoh shaharda birday ta’minlanishi kerak. Ayol huquqlari har bir davlatning o'z qonunlari bilan tartibga solinadi. Qonunchilik aktlarining mukammallashuvi ham har bir jamiyatning inson huquqlariga va ayniqsa ayol huquqlarini ta’minlashga bo‘lgan xohish va intilishlariga bog'liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib hoziigi kunda aholi uchun huquqiy targ'ibot nechog‘li zarur ekanligini anglab yetish mushkul emas.