lari juda tekis, ravon, bir-biriga monand, samimiy kechadi. Oila muhitida, yaxshi ijobiy munosabatlar doirasida kechgan bog'liqlik bilan ota-onasiz o‘sgan yetimxonadagi bolalardagi bog'liqlik o‘iganilganda, ayni xavfsiz bog'liqlik borasida ular o'rtasida katta tafovut borligi isbotlangan1. Shunday qilib, onaning bolani normal psixik taraq- qiyotida roli ulkan. Bu ta’sir bolaning chaqaloqlikdan keyingi davrlarida ham o'z kuchini saqlab qoladi. Onalik xulq-atvorimng shakllanishi. Olimlar ontogenetik taraqqiyot davrida yaxshi ona bo'lishga sabab bo'luvchi qator omillar qatorida qiz bolaning o'z onasi bilan yoshligidan boshidan kechirgan muloqot tajribasini, oilasida onaga va onalikka munosabat xususiyatlarini, o'z oilasida kichkina bolalar bilan muloqot tajribasi borligini inobatga oladilar (Filippova G.G., 1999)2. Bu jarayonda qizchaning ona tomonidan qanday tarbiya- langanligidan tashqari, muayyan madaniy manbalar bilan tanishligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, onasidan qanday ertaklar eshitgani yoki qanday o'yinchoqlar o'ynagani bevosita uning kelajakda qanday ona bo'lishiga ta’sir etadi. Masalan, yoshligidan mehribon ona haqida eshitganlarini, 1 Авдеева H.H., Хаймовская H.A. Зависимость типа при вязанности ребёнка к взрослому от особенностей их взаимодействия (в семье и Доме ребёнка) // Психологический журнал. 1999. Т. 20, № 1. 2 Филлипова Г.Г. Материнство: Сравнительно-психологический подход // Психологический журнал. 1999. Т. 20, № 5. 326
ertak holida bo‘Isa ham yovuz kampirlar, yalmog‘iz ayollar, o‘gay onalar haqida eshitganlari bilan to‘g‘ri solishtirish tajri-