e’tiqodni, mas’uliyatni kuchaytirish uchun targ'ibotning
samarali usullarini qo‘llash zarur. Targ‘ibotning samarali
kechishi uchun qanday omillarga murojaat etish kerak?
Targ‘ibotning eng samarali yo‘llaridan biri hayot ichiga
faol kirib borish, ya’ni mahallalarda insonlar bilan yuzma-
yuz milliy g‘oya va mafkura haqida bevosita suhbatlar olib
borish zarur. Davra suhbatlariga taniqli el-yurt ishonchini
oqlagan olimlar, mehnat fahriylarini taklif etib, insonlarda
Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada shakllantirish
mumkin.
Targ‘ibotni samarali kechadigan jarayoni ta’lim tarbiyani
oila instituti orqali olib borish ham o‘z natijasini beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila — jami-
yatning asosiy bo£g‘inidir hamda jamiyat va davlat muho-
fazasida bo‘lish huquqiga ega»,1 deb belgilab qo‘yilgan. Oila —
har bir xalq, millatning davomiyligini saqlaydigan, qadriyatlar
barqarorligini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib,
uni ma’naviy, barkamol qilib yetishtiradigan ijtimoiy insti-
tutdir.
0 ‘zbek oilasi farzand taibiyasida o‘zining boy tarixiy
tajribasiga ega. Mustaqillik yillarida xuddi shu tarixiy Jtajri-
balardan foydalanishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Oila
tarbiyasi — har bir xalqda doimiy muammo bo‘lib, u
muayyan millat va jamiyatda o‘zining xususiyatlariga ega.
Shunga qaramay, oila taibiyasining maqsad va vazifalari
barcha xalqlarda mushtarakdir. Bu jamiyatga yaxshi fazilatlar
va hayotiy kasb-hunarga ega bo‘lgan barkamol shaxsni
yetkazib berishdir. Oila tarbiyasi deganda, awalo:
1
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Т.: 0 ‘zbekiston,
2003. 63-modda.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |