6. Yodda saqlangan g‘oyani o‘zining xulq-atvorida qo‘l- lay olishi kerak. Ushbu psixologik ta’sir mexanizmi orqali insonlami biror g'oyaga ishontirib, uni ulaming maslagiga aylantirishga eri- shish mumkin. Birinchi navbatda milliy g'oyaning mohiyatini insonlarga tushuntirish va bu g‘oya ulami diqqatini tortishi kerak. Berilgan g‘oyani uning hayotida va jamiyatga zarur deb hisoblashishi kerak. Mazkur g‘oyani yodda saqlab, uni xulq-atvorida qo‘llay olishi kerak, shundagina psixologik ta’sir o‘z samarasini beradi. Urf-odatlar, milliy qadriyatlarimiz orqali ham xalqimizga milliy g‘oyani targ‘ib etish mumkin. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan-avlodga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g‘oyalarini singdirishda muhim omil bo‘- ladi. Insonparvar, yuksak e’tiqodli, bag‘rikeng, mehr-oqibatli insonlami voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik, oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o‘rin tutadi. Har bir oilasida muqaddas sanaladigan mehmon- navozlik, qiz va o‘g‘il bolalar tarbiyasi borasida maxsus an’analaming mavjudligi, yil mavsumiga ko‘ra barcha oila a’zolari ishtirokida o‘tkaziladigan turli ezgulikka chaqirib, sog‘lom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. 0 ‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning kattalari - bobolar, momo- lar, yaqin-qarindosh urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. Azaliy udumga binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra bobo va buvilaming ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi.