qolgan bolalar ichida birinchi o'rinda psixoemotsional chet- lanishlar turadi, ya’ni aqliy qoloqlik, serebral falajlar, ko‘r- lik, karlik, tayanch harakat apparatining patalogiyasi, nutq buzilishlari va boshqalar kiradi. Qayd etish kerakki, nogiron bolalar bilan amalga oshi- riladigan korreksion-tuzatish ishlariga nafaqat shifokor, peda- gog, uqalovchi-massajislami, balki birinchi o'rinda oilada ota-onalami jalb etish maqsadga muvofiqdir. Ming afsuski, aksariyat ota-onalar farcandidagi izdan chiqqan funksiyalaiga nisbatan o‘z vaqtida zarur tiklantiruvchi chora-tadbirlami ko‘rmasdan turib, ijobiy natijalami kutib o‘tirishadi. Vaho- lanki, faqatgina ota-onagina o'z bolasidagi nogironlik illatini bartaraf etish borasida sabr-qanoat bilan tinimsiz ishlashi va ijobiy samaraga erishishi mumkin. Aynan shunday holatlar borki, jabrlangan bolasining normal taraqqiyotini ta’minlash borasida o‘zgacha matonat va cheksiz layoqatni namoyon eta olgan, bu borada hech bir pedagogdan qolishmaydigan ota- onalar yo‘q emas.2 Aytish joizki, Toshkent shahrida nogiron farzandi bor ota-onalar klubi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Bu klubning maqsad va vazifasi nogiron farzandi bor ota-ona- laming integratsiyalashuvini tashkil etish va ularga psixologik 1 Keltirilgan statistik ma’luinotlar Respublika aholini ijtimoiy muho- faza qilish va mehnat vazirligidan olindi 2006-y. 2 О.Г. Приходько. «Дефектология». №4, 2003 г., с. 36-39. 367
yordamlar berishdan iborat. Bugungi kunda ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida ikki mingdan ortiq nogiron far- zandli ota-onalar bor. Ular aynan og‘ir turdagi kasalliklar