aqliy zaif bolaga tarbiya berishning murakkab pedagogik sharoitlari uning ijtimoiy, ma’naviy, jismoniy va estetik rivoj- lanishini ham murakkablashtirar ekan. Bola va ota-ona o'rtasidagi o‘zaro ta’siming bir-biriga mos kelmasligi, emotsional muloqotni o‘mata olmaslik va u bilan munosabatda bo‘lish go‘dakni erta yoshdanoq ijti- moiylashuv mexanizmining tabiiy yo‘lini noto‘g‘ri talqin etishga olib keladi. Bu narsa bolaning shaxs sifatida rivoj- lanishi va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishiga ham ta’sir etadi. Maktabgacha korreksion pedagogik yo'nalishda (sohada) olib borilgan ishlar shuni ko‘rsatadiki, maqsadli yo‘naltirilgan ijtimoiy tarbiyasiz bolani atrof-muhitga «qo‘- shilish» muammosini hal qilib bo'lmaydi1. Ijtimoiylashuv mexanizmi bola muloqotning turli shakllari, jamiyat tajri- basini o'zlashtirish usullari, o‘zi, atrof-muhit va atrofda- gilaming faoliyati hamda o‘zaro munosabatlari haqidagi tasawumi shakllantirish orqali amalga oshiradi. Shu tarzda, oila bilan ish olib boruvchi mutaxassis- defektologning korreksion-pedagogik ishi jamiyat tajribasini singdirish usullari hamda shakllanish vositalariga ham ma’- lum darajada ta’sir ko‘rsatibgina qolmay aqli zaif bolaning ijtimoiylashuviga ijobiy ta’siri namoyon bo'ladi. Oilada tarbiyalanayotgan aqli zaiflikning o‘rta darajasida bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalaming ijtimoiy o‘sishini o‘ziga xos xususiyatlarini o'rganish ishning dastlabki muhim bosqichi bo‘lib, pedagogka nafaqat bola o‘sishidagi noxush sabablami anglashiga balki tarbiya va ta’lim masalalarida ota- 1 G.A.Mishina, 1998; F.Xayriddinova, 2002-y. va b. 370