Umumiy o'rta ta'lim - o`quvchilarning fan asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini,
ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlami, milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini,
ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlash ko'nikmalarini
shakllantirish bosqichi.
Universitet-kadrlar tayyoriash va bilimlarning keng sohalari bo'yicha oliy va oliy o`quv
yurtidan keyingi ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasi.
Usui — muayyan o`quv materialini o'zlashtirishda qoilanilayotgan asosiy ta'lim metodi
bilan birga ikkinchi bir ta'lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat — shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi
kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlaming muayyan shakli, ko'rinishi.
Fuqarolik-huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, malum huquqlardan
foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondashuv, mehnat jarayoni
vaJamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi — fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o`quvchilarda
yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy
fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Shaxs- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish-uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me'yorlari, bilim
hamda qadriyatlar tizimini o'zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash — aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.