Ta'lim maqsadi (o'qish, bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab
beruvchi yetakchi g'oya.
Ta'limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o`quvchilar guruhi bilan o`quv
rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo'yicha olib boriladigan ta'lim jarayoni.
Ta'lim tizimi - davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-tarbiya
berish yoiida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta'lim muassasalari majmui.
Ta'lim shakli -
ta'lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o'zaro bog'langan ko'plab elementlar (tarkibiy qismlar)
o'rtasidagi mustahkam birlik va o'zaro yaxlitlik.
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos - ko'r) - ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o'rganuvchi fan; korreksion pedagogika
(defektologiya)ning muhim sohasi.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarda
belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o`quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko'nikmalarini
shakllantirish maqsadida qo'llaniladigan usul.
Tushuntirish - o`quv
materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida
bayon qilish.
Dostları ilə paylaş: