Ekologik madaniyat — o`quvchining ijtimoiy talablaiga muvofiq tabiat va atrof-muhit
muhofazasini tashkil etishEkologik ong — tabiat va atrof-muhitning mavjud hoiati, ularni
muhofaza etish borasidagi tushunchalaming ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat — o`quvchining ijtimoiy talablaiga muvofiq tabiat va atrof-muhit
muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya — o`quvchilarga dastlabki ekologik bilimlami berish, ularning mavjud
ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko'nikma va
malakalami shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon. Ekologik ta'lim — o`quvchiga aniq maqsadga muvofiq^ izchil, tizimli va uzluksiz ravishda
nazariy ekologik bilimlami berishga yo'naltirilgan ta'limiy jarayon.
Ekologik faoliyat — ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit
muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya — o`quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush
go'zalligini idrok etish, to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda
go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotiga go'zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni;
ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E'tiqod — dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, huquqiy, ma'naviy-axloqiy,
estetik-iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko'rinishi; muayyan g'oyaga
cheksiz ishonch.
Yakuniy nazorat- ta'lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o`quv
materiallari bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash
shakli.
O'z-o'zini baholash — mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida
o'z shaxsiga baho berishga yo'naltirilgan faoliyat usuli.
O'z-o'zini tarbiyalash metodlari— o`quvchilarning o'zini o'zi idora qilishiari, turli
o`quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini
oshirish maqsadida qo'llaniluvchi usullar.