O`quv rejasi- ta'lim muassasasida o'qitiladigan o`quv famarining tartibi, ularning o`quv yili
bo'yicha taqsimlanishi, har bir o`quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o`quv soatlari,
shuningdek, o`quv yili tuzilishini belgilovchi me'yoriy hujjat.
O`quv fani-ta'lim muassasalarida o`quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga
muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik
bilimlarini berish,
ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi manba.
O`quvchilar jamoasi- ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va
birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o`quvchilar
birlashmasi, guruhi.
O`quv qo'llanmasi-1) maium o`quv fanlari bo'yicha metodik materiallar, tushuntirishlar,
tavsiyalarni yorituvchi hamda o'qituvchi yoki o`quvchilar uchun mo'ljallangan manba; 2)
muayyan fan bo'yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o`quv-tarbiyaviy
jarayonda
bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo'shimcha o`quv materiallari.
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
qismlarga bo'lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham,
qisqa va izchil
bayon qilinishi.
Dostları ilə paylaş: