Metod-yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni
anglatadi.
Metodika (fan sifatida)-xususiy fanlarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi.
Mehnat tarbiyasi-shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli
munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko'nikma va malakalarini
shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik laoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Mimozara (tarbiya metodi sifatida)-tarbiyalanuvchilarga hissiy-og'zaki ta'sir ko'rsatish
asosida ularda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat(ta'lim jarayonida)— ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini
aniqlash, o'lchash va baholash jarayoni.
Nafosat didi-shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, obyektiv
nafosat o'lchovi.
Nafosat madaniyati — go'zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go'zalliklarni asrash
va boyitish yo'lida o'zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil
etish darajasining sifat ko'rsatkichi.
Nafosat ongi— go'zallik, go'zallikni his etish, lining mohiyatini anglash, nafosat his-
tuyg'usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya— lotincha «estezio» go'zallikni his qilaman) —
o`quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go'zalliklarini
anglash, idrok etish va to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda
go'zallikka muhabbat uyg'otish, ular tomonidan go'zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga
yo'naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Oila — kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy
mas'uliyat hamda o'zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.