Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Оила психологияси

Identiv o’quv maqsadi. 
1. O’smirlik yosh davrining boshqa yosh davrlaridan farqini va e’tiborga moyilligini 
tushuntiradi. 
2. O’smir yosh davrini ontogenezdagi o’rnini ajratib ko’rsatadi. 
3.O’smir psixikasi o’sishini harakatga keltiruvchi kuchlarni izohlaydi. 
4. Z. Freydning O’smirlik yosh davri haqidagi ta’limotlarini takkoslab farqlaydi. 
1-savol. O’smirlik davri haqida tushuncha
Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo’lmish yosh psixologiyasi fani 
bevosita inson psixologiyasining namoyon bo’lishi va rivojlanishini turli yoshlarda 
qanday kechish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o’rganadi. Psixologik 
xususiyatlarni namoyon bo’lishining yosh xususiyatlari
o’rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixologiyasida turli yosh 
davrlari bir-biridan sezilarli farqlanadi. Bular: chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha 
ta’lim yoshi, kichik maktab yoshi, o’smirlik, ilk yoshlik, yoshlik, etuklik va keksalik 


47 
davrlaridir. Bu davrlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, sifatlarga ega bo’lib, ular 
bir-biridan odamning xronologik yosh ko’rsatkichlariga ko’ragina emas, balki shu 
davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro’y beradigan o’zgarishlar, uning 
ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga ko’ra ham farqlanadi. Biz o’smirlik davri 
psixologiyasi haqida to’xtalib o’tamiz.
O’smirlik davri insonni bolalikdan — yoshlikka o’tuvchi va o’z navbatida boshqa 
davrlardan o’zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi 
davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o’qish paytlariga to’g’ri keladi va 
11—12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo’lgan davr oralig’ida kechadi. Ayrim bolalarda 
bu davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O’smirlik davri ayrim 
maxsus psixologik adabiyotlarda «o’tish davri», «og’ir davr», «inqiroz davri» kabi 
nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og’irligi», «keskinligi», «murakkabligi» 
nimalar bilan asoslanadi? O’smirlik davrining og’ir, murakkab davr ekanligi ko’plab 
psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog’liq. Bu davrda rivojlanishning barcha 
jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham 
o’zgaradi. Bu davrda o’smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik 
holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Aksariyat 
holatlarda ularda bir-biriga qaramaqarshi bo’lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu 
davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning 
o’z-o’ziga va atrofdagilarga nisbatan bo’lgan munosabatlari butunlay boshqacha 
xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo’nalganligi qaytadan 
shakllanadi, o’z-o’zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o’zgaradi. Uning uchun o’z 
«men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin