Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Оила психологияси

Muhokama uchun savollar: 
1. O’smir o’pkasining tiriklik sigimi: 
(o’g’il bola) 
(kiz bola) 


50 
a) 1999-2000 ml, 1980 -1990 ml 
b) 2600-2700 ml, 1800 -2000 ml 
v) 1600 -1800 ml, 2300-1900 ml 
g) 1990 -2700 ml, 1800-2600 ml 
2. O’smir organizmining bio-fiziologik usish xususiyatlarin tushuntirib bering. 
3. O’smirlik davrida paydo bo’ladigan yangi kechinmalarining fiziologik sabablarini 
yozma ravishda taxlil qiling. 
4. O’smir xayotida nato’g’ri odatlarini keltirib chiqarishi extimoli bo’lgan ijtimoiy 
xayotdagi manbalarni kuzatib, xulosalar chiqaradi. 
5. O’smir organizmida paydo bo’ladigan o’zgarish qaysi organ funktsiyasi bilan 
ko’proq bog’liq. 
a) markaziy nerv sistemasi. b) yurak. v) o’pka. g) o’t pufagi. d) 
ichki 
sekretsiya 
bezlari. 
3-savol. O’smirlik avtonomiyalari.
Dars maqsadi:
1. O’smirlik yosh davri aktseliratsiyasi haqida ma’lumot berish. Shu masalaga taluqli 
bo’lgan nazariyalar bilan tanishtirish, ularning mohiyatini tushintirib berish. 
2.Ta’lim-tarbiya jarayonida aktseliratsiya xususiyatlarini e’tiborga olishga o’rgatish. 
3- savolga oid muammo: 
-
Nima sababdan o’smirlik davrida balog’atga etish tezlashadi. Fikringizni asoslang. 
-
Balog’atga etishning tezlashishiga quyosh nurining ta’siri bo’lishi mumkinmi, 
urbanizatsiyaningchi? 
Identiv o’quv maqsadi (vazifalar). 
1. Aktseliratsiya va avtonomiyalari haqida ma’lumot beradi. 
2. Aktseliratsiya va avtonomiyalari haqidagi turli ta’limotlarni orgumentlaydi. 
3. Aktseliratsiya va avtonomiyalari haqidagi nazariyalarni taqqoslaydi va yozma xulosa 
chiqaradi. 
4. Aktseliratsiya nazariyalarini ajratib chiqadi, tahlil qiladi. 
3-savol bayoni 
O’smirning inson shaxsining kamol topishida alohida o’rin egallaydi. O’smirlik davrida 
g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lgan psixologik o’zgarishlar ro’y beradi, bolaning 
muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya 
ta’sirida barqaror, mustaxkam iz qoldiruvchi ijobiy hislatlar namayon bo’ladi. Tarkibiy 
ravishda izchil vujudga kelayotgan psixik o’zgarishlar, shakllanayotgan fazilatlar va 
shaxsning usishi, avvalo mazkur yoshidagigi o’g’il -kizlar faoliyatlarining (etakchi va 
yordamchi faoliyat turlari ukish, mehnat va uyin kabilar nazarida tutiladi) xususiyatiga 
bevosita bog’liqdir. O’smirning boshqa yosh davrlaridan farqlanadigan o’ziga xos 
xususiyatlar mavjud bo’lib, ular his -tuyg’u va irodaviy sifatlarida o’z ifodasini topadi. 
O’smir kichik maktab yoshidagi o’quvchidan farqli ravishda xayotni ilk bor shaxs 
sifatida faol ilmiy bilishida ishtirok eta boshlaydi. 
Shaxsning har tamonlama, uygun rivojlanishiga mehnat faoliyatini salmoqli tasir 
ko’rsatadi. O’smirlarning sinf va maktab er uchastkasidagi mehnat faoliyati o’z 
mohiyati bilan zarur axborot va ma’lumotlar, murakkablashib, ularning kuchiga kuch, 
g’ayratiga g’ayrat qo’shib, mehnat samarasidan, mahsulidan lazzatlanish his-
tuyg’ularini shakllantira boshlaydi. Jamoa bo’lib amalga oshiriladigan o’yinlar va 
ularning keng ko’lamda o’tkazilishi o’tish davrida vujudga keladigan qiyinchiliklarni 


51 
engillashtirishga xizmat qiladi.O’yin faoliyatida o’smirda yuksak ahloqiy his 
tuyg’ularni vujudga keltiradi, matonatlik, jasurlik kabi fazilatlar shaklanishi uchun 
qulay sharoit yaratiladi. Mazkur faoliyat o’smirning aqliy jihatidan fikr yuritishiga, o’z 
his tuyg’usini boshqarishiga, jismoniy kamol topishiga turtki vazifasini o’taydi. 
O’yinning har -xili bilan mashg’ul bo’lish o’smirni faximlashga, eslab qolishga, biror 
ishni amalga oshirishdan oldin uni rejalashtirishga va diqqatni bir necha ob’ektga 
taxsimlashga odatlantiradi. Ziyraklik, tezkorlik, farosatlik kabi muxim xususiyatlar
hislatlar ham uyin va sport mashgulotlarida tarkib topadi. 
Lekin mazkur nazariya amaliy ma’lumotlarni tulik, atroflicha ifodalashni takazo etadi. 
Shunnig uchun ushbu nazariyada masalaga yondashish yakkol ko’zga tashlanadi. Agar 
ijtimoiy sharoit chuqur va amaliy jihatdan yoritilib berilsa, uning tasir kuchi yanada 
ortishi mumkin.
Ijtimoiy aktsileriya nazariyasi. Bu ilmiy nazariyaning asoschilaridan biri, yirik 
fizolik olim A.A. Markosyandir. Uning ta’riflashicha hozirgi kishidagi bilimlar xajmini 
XX asr yarmidagi kishilarning bilimlari xajmiga taqqoslash orqali bolalardagi o’sishi 
jarayonini aniqlash ijtimoiy aktseleriya deyiladi. Bolalardagi aktseleriyaning sababi: 
birinchidan ota -onalarning umumiy saviyasi yuksalgani, umumiy o’rta ta’limning 
amalga oshgani; ikkinchidan ijtimoiy turmushda axborot vositalari tarmog’ining keng
aygani, ya’ni radio, televizor, teatr, kino, kontsert zallari, madaniyat markazlari, 
o’quvchilar saroylari va uylari, yosh texniklar va tabiatshunoslar stantsiyalarining, 
ulardagi ishtirokchilarning ko’paygani; uchinchidan kitob, jurnal, maxaliy matbuot 
qo’llami va sifatining o’zgarishi va xokazolardir. 
Bizningcha mana shu omillar qatoriga shaxslararo munosabatlarning to’g’ri 
yo’liga quyilishi, odilona muloqatga o’rgangani, jamoa va guruhlarda ijobiy psixologik 
muhit yaratilgani, asabiylashish, parokandallik kamayganini ham kushish maqsadga 
muvofikdir. 
Yukorida ko’rilgan aktseleratsiya nazariyalarini alohida olib qarasa, mazkur 
jarayonni tushintirish mohiyati torayadi. Shuning uchun ularning ijobiy jihatlarini tanlab 
muayyan, tizimini barpo etish va aktseleratsiyaning mohiyati va uni keltirib chiqaruvchi 
omillarni tushintirish mumkin. 
O’smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri —bu davrda o’smirlarda 
kuzatiladigan o’smirlik avtonomiyasi holatidir. O’smirlik avtonomiyasining huquqiy 
avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi. 
Ma’lumki, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kimningdir qaramog’iga muhtoj 
bo’ladi. Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va 
bolani muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani har tomonlama qo’llab-quvvatlab 
turadilar va bola bunday qo’llab-quvvatlash, daldalarga muhtojlik his etib turadi. 
O’smirlik davrida esa bola o’z hayotini, xavfsizligini ta’minlash borasida nisbatan 
mustaqillikka erishadi. Endi u o’zini-o’zi himoya qila olishi, lozim bo’lsa o’zi o’z 
imkoniyatlari darajasida mehnat qilib, etarli darajada daromad qilishi, o’z ehtiyojlarini 
mustaqil ravishda o’zi qondira olishi mumkin bo’ladi. Yuqorida keltirib o’tilgan 
huquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o’smirlik yoshiga etishi bilan unga qator huquqiy 
imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bola yuridik shaxs hisoblanib, 
ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. Mabodo bu davrda o’smir ota-onasi ajralib ketgudek 
bo’lsa, bu holatda o’smirning qaerda va kim bilan qolishi bola xohishiga qarab hal 
etiladi. Shuningdek bola bu davrda o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy 


52 
ravishda jismoniy mehnat bilan shug’ullanishi ham mumkin. Lozim bo’lsa, ulardan o’z 
xattiharakati, qiliqlari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi huquqiy 
imkoniyatlarga ega bo’lish va bundan o’smirning xabardorligi uning huquqiy 
avtonomiyasining yuzaga kelishini ta’minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo’lish 
o’smirda o’z xatti-harakati uchun javobgarlik, mas’uliyatlilik hissini yuzaga keltiradi. 
O’smirlik avtonomiyalaridan yana biri — emotsional avtonomiyadir. Ma’lumki bola 
dunyoga kelgan ondan boshlab u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy qo’llab-
quvvatlashiga, mehr-muhabbatini namoyon qilishiga, erkalashiga ehtiyoj his qiladi. 
Shuning uchun ham ilk bolalik yoshidagi, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi 
bolalarni suyub, erkalab ularni quchib, boshini silab, yoqimli gaplar va muomala bilan 
ularga hissiy yaqinlik namoyon qilinsa, ular bundan quvonib, xursand bo’ladilar va 
erkalayotgan shaxsga nisbatan talpinadilar. Buni yosh bolalarning onasiga suykalishi, 
ularning pinjiga suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishimiz mumkin. 
Shuningdek, bolalar o’z tengdoshlari bilan bo’ladigan
o’zaro munosabatlarida nizo-tortishuvlarga duch kelganida va ayniqsa, 
tengdoshlaridan «jabrlanganda», «engila boshlaganidan», ota-onasidan va atrofidagi 
yaqinlaridan emotsional dalda, hissiy qo’llab-quvvatlash kutadi va bu borada ularga 
murojaat qiladi. Agar o’z vaqtida shu hissiy daldani ola olsa, o’zini erkin, tetik, g’olib 
his qiladi va ular bilan quvonib yuradi.
O’zining kichkinagina hayotida duch kelgan «muammolari»ni hal qilishda kattalar 
yordamiga muhtojlikni his qiladi, ulardan muntazam foydalanishga intiladi. O’smirlik 
davrida esa aksincha, o’smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta odam» katta odam 
esa mustaqil bo’lishi, o’z muammolarini o’zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar 
yordamiga murojaat qilish tengdoshlar tomonidan qoralanadi. Va buni o’smirning o’zi 
ham xohlamaydi. Bu davrda o’smirlarga kattalar tomonidan oldingidek ko’rsatiladigan 
iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o’zlarini erkalab, silab siypashlarini, 
«arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan bildiriladigan olqishlarni 
«yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagilarni hissiy qo’llab-quvvatlashlaridan xoliroq 
bo’lishga, o’z muammolarini o’zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari ko’chada, 
bog’chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib ota-
onasidan yordam so’ragan bo’lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, 
kaltak eb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga bildirmaslikka harakat qiladi va 
imkon qadar ota-onalarini uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi. Bularning 
barchasi o’smirlarda bevosita kuzatiladigan emotsional avtonomiyaning ta’siridir. 
O’smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri makoniy avtonomiyadir. 
Bunga ko’ra o’smirlar imkon qadar o’z xonasida yolg’iz qolishga, biron-bir ishni 
bajarayotgan yoki biron-bir joyda bo’lgan vaqtlarida imkon qadar yolg’iz bo’lishga, 
ayniqsa, o’z ota-onasi, oila a’zolari nazaridan chetroqda bo’lishga, o’z o’y-hayollari 
bilan mashg’ul bo’lib vaqt o’tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o’z 
tengdoshlari, yaqin o’rtoqlari bilangina muloqotda bo’lib o’z ota-onasi bilan imkon 
qadar kamroq muloqotda bo’lishga intilib o’zi bilan o’zi ovora bo’lib qoladi. Ayni 
vaqtda o’smirda kuzatilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-
onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda ko’proq 
qiziqib qoladilar. Boshqacha qilib aytganda ularning avtonomiyasiga «bostirib 
kiradilar». Buni esa o’smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o’smirlar va ularning ota-
onalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarida kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga 


53 
kelishiga asos bo’lishi mumkin. Yuqorida qisman to’xtalib o’tganimizdek o’smir 
ruhiyatida kuzatiladigan xarakterli xususiyatlardan biri ularning o’ta ta’sirlanuvchan, 
jizzaki, qo’rs, sal narsaga xafa bo’lishi uning hissiy noturg’unligi ifodasidir. Bunday 
holatlarning yuzaga kelish sabablaridan biri bevosita jinsiy balog’atga etish, ichki 
sekretsiya bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar vazifalarining faollashuvi va shular bilan 
bog’liq holda o’smir organizmida ro’y beradigan psixofiziologik o’zgarishlar bilan 
bog’liqdir. Ma’lumki, o’smirlik davrida o’smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. 
Uning atrofidagilarga, ayniqsa, o’z-o’ziga bo’lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari 
yo’nalishi keskin o’zgaradi. Uning o’z shaxsiga bo’lgan e’tibori kuchayadi. O’smirlik 
davrida shaxs egotsentrizmi boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga etadi. 
Bu davrda o’smir o’z shaxsiyatini boshqalardan ustun qo’yadigan, o’ziga ko’proq bino 
qo’yadigan bo’lib qoladi. Shu davrda o’g’il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki 
kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma’noda o’zining xatti-harakatini nazorat qilish, 
o’zining yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko’rinishiga astoydil e’tibor berish, pardoz-
andoz bilan shug’ullanish kabi holatlar kuzatiladi. Biroq bu davrdagi endokrin sistemasi 
faoliyati, epofiz, jinsiy sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida 
o’smir organizmida va tana tuzilishida o’zgarishlar ro’y beradi. Uning tana tuzilishi 
proporsiyasi buziladi (u nisbatan beso’naqayroq bo’lib qoladi), tovushlari o’zgarib, 
do’rillab qoladi. Jinsiy balog’atga etishning boshlanishi bilan yuzlariga husnbuzar chiqa 
boshlaydi. Bularning barchasi o’smir uchun kutilmagan, uncha xush kelmaydigan 
holatlardir va aynan ana shu holat o’smirning ta’sirlanuvchanligini, jizzakiligini 
ortishiga olib keladi. Shu davrda o’smirning tashqi ko’rinishi, shaxsiyatiga oid 
bildirilgan arzimagan nojo’ya gap uning uchun jiddiy salbiy kechinmalarga asos 
bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin