Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Оила психологияси

2-savol bayoni. 
O’smir organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar shundan iboratki, bola 
rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik etukligi borasida tub o’zgarishlar 
amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog’atga etish jarayonining yangi 
bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o’zgarishlar bevosita o’smir endokrin sistemasining 
o’zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi. Uning 
old qismidan ajralib chiqadigan garmon organizm to’qimalarining o’sishi va boshqa 
muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti va jinsiy bezlar) 
ishlashini kuchaytiradi. Ularning faoliyati o’smir organizmida ko’plab o’zgarishlarni 
yuzaga keltiradi, jumladan bo’y o’sishining keskin tezlashishi (bir yilda o’g’il bolalarda 
4—5 sm, qizlarda 3—4 sm o’sishi kuzatiladi), jinsiy balog’atga etish (jinsiy 
organlarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo’lishi amalga 
oshadi. Bu jarayonlar qiz bolalarda 13—15 yoshlarda nisbatan jadal kechadi.
Jismoniy rivojlanish va jinsiy etilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan 
hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9—10 yoshda, o’g’il bolalar esa 11—12 yoshlarida jinsiy 
balog’atga etishning boshlanish bosqichida bo’lishi mumkin. Bo’yning o’sishi, 
vaznning ortishi, ko’krak qafasining keng ayishi — bularning barchasi jismoniy 
rivojlanishning o’smirlik yoshiga xos xususiyatlaridir. Shular tufayli o’smirning tashqi 
ko’rinishi bolaning tashqi ko’rinishiga qaraganda farq qiladi: tana proporsiyasi 
kattalarga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Shuningdek o’smirning yuz tuzilishi ham 
o’zgarib, bosh suyagining yuz qismi jadal rivojlana boradi. O’smirlik yoshida 3 — Oila 
psixologiyasi umurtqa pog’onasining o’sishi bo’yning o’sish tempidan orqada qoladi. 
Chunki 14 yoshgacha umurtqa pog’onalari o’rtasidagi oraliqlar tog’aylar bilan to’lgan 
bo’ladi, bu esa ortiqcha jismoniy zo’riqish, tana holatining noto’g’ri turishi tufayli 
umurtqa pog’onasining noto’g’ri rivojlanishga moyilligini bildiradi. Umurtqa 
rivojlanishini buzilishining eng ko’p holati 11—15 yoshlarga to’g’ri keladi va ayni shu 
yoshlarda ro’y berishi mumkin bo’lgan defektlarni ham bartaraf etish ham oson 
kechadi. 20—21 yoshlarga etib toz suyaklarining o’sishi yakunlanadi (shu davrda 
qizlarning jinsiy organlari ham etiladi). Muskul vazni va muskul kuchlarining ortishi 
jinsiy balog’atga etishning oxirlarida nisbatan jadalroq amalga oshadi. Bunda o’g’il 
bolalarda muskullarning rivojlanishi erkaklarga xos tipda, qiz bolalarning yumshoq 
to’qimalari esa ayollarnikiga xos tipda amalga oshadi. Bu esa har bir jins vakiliga o’ziga 
xos erkaklik va ayollik sifatlarini beradi. Bu jarayonlarning nihoyasiga etishi esa 
o’smirlik davridan keyin amalga oshadi. Muskul kuchlarining ortishi o’smir jismoniy 


49 
imkoniyatlarini keng aytiradi. Buni bolalar juda yaxshi anglaydilar va ularning har biri 
uchun bu juda muhim ahamiyatga ega. Biroq o’smir muskullari kattalarnikiga 
qaraganda tez toliquvchan bo’ladi va davomli kuchlanishlarga dosh berolmaydigan 
bo’ladi. Shuning uchun sport va jismoniy mehnat bilan shug’ullanishda buni inobatga 
olish lozim. Turli organ va to’qimalarning o’sishi yurak faoliyatiga ham yuqori talablar 
qo’yadi. O’z navbatida yurak ham qon tomirlariga qaraganda tezroq o’sadi. Bu jarayon 
yurak-qon tomir sistemasi faoliyatidagi funksional buzilishlarga sabab bo’lishi, yurak 
urishining tezlashishi, qon bosimining ortishi, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, tez 
toliquvchanlik kabilar ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’smirlik 
davrida ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog’liq ravishda organizmda keskin 
o’zgarishlar ro’y beradi. Ayniqsa qalqonsimon bez va jinsiy bezlar ajratib chiqaradigan 
gormonlar organizmda modda almashinishining katalizatori vazifasini bajaradi. Chunki 
endokrin va nerv sistemalari bir-biriga uzviy bog’liqdir. Shunga ko’ra o’smirlik davri 
bir tomondan quvvatning keskin ortishi va ikkinchi tomondan patogen ta’sirlarga o’ta 
sezgirligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun aqliy yoki jismoniy ortiqcha toliqish, 
uzoq muddatli asabiy zo’riqish, affektlar, kuchli salbiy hissiyotlar (qo’rqish, g’azab, 
xafagarchilik) endokrin buzilishlarga ( menstrual tsiklning vaqtincha buzilishiga) va 
nerv sistemasi vazifasining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday buzilishlar 
ta’sirlanuvchanlikning ortishi, o’zini tuta bilmaslik, parishonxotirlik, ishda 
mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi kabilarda namoyon bo’ladi. O’smirlik 
davrida endokrin va nerv sistemalari faoliyatining bolalik davrida mavjud bo’lgan 
muvozanati buziladi, yangisi esa endigina o’rnatilayotgan bo’ladi. Bunday qayta 
qurilishlar albatta o’smirning ichki holati, kayfiyati, ruhiyatiga ta’sir ko’rsatadi va 
ko’pincha uning umumiy noturg’unligiga, ta’sirlanuvchanligiga, serjahlligiga, harakat 
faolligiga, vaqti-vaqti bilan hamma narsalarga befarq bo’lib qolishligi va lanjligiga asos 
bo’ladi. Bunday holatlarning yuzaga kelishi ko’pincha qizlarda menstrual tsikl
boshlanishidan biroz oldinroq yoki tsikl davrida ko’proq kuzatiladi. Jinsiy balog’atga 
etish va jismoniy rivojlanishdagi o’sish o’smir ruhiyatida yangi psixologik 
tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o’smir uchun 
juda sezilarli bo’lgan o’zgarishlar bo’lib, ular o’smirning katta bo’lganini his qilishining 
yuzaga kelishining obektiv manbasi bo’lib xizmat qiladi (uning asosida o’smir o’zining 
kattalarga o’xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog’atga etish boshqa jins 
vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiyot, tuyg’ularni yuzaga keltiradi. 
O’smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi 
ularning o’smir hayotidagi o’rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o’smir hayotining 
konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Bu o’rinda o’smir shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun mo’ljallangan 
kitoblar va kinofilmlar salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.. Bularning barchasi, 
shuningdek o’rtoqlari bilan sevgi va jins muammolari haqida gaplashishlari o’smirlarda 
odamlar munosabatlarining intim jihatlariga ko’tarinki qiziqishni yuzaga keltirishi
erotik an’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. Har ikkala jins o’smirlari 
uchun bu davrda ilk romantik hislarning yuzaga kelishi «birinchi muhabbat»ga duch 
kelishi, birinchi bo’salarni olish kabilar me’yoriy hol hisoblanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin