Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bildirilgan tolerantlik tushunchasining nazariy mazmuniga doir nazariy qarashlar, hukumat tomonidan ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy xujjatlar, shuningdek tanlangan yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va zamonaviy ilg’or ta’limotlar tadqiqotning metodologik asosi bo’lib xizmat qildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy xolatlar: 1. Oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy- nazariy asoslari.
2. Oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning mazmuni, samarali shakl, metod va vositalari.
3. Oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish mezonlari.
4. Oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning yaxlit andozasi.
5. Oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish muammosi ilk bor pedagogik muammo sifatida ilmiy tadqiq etildi;
- pedagogika nuqtai nazardan oilada yoshlarda tolerantlik tafakkuri tushunchasining mazmuni ilmiy asoslandi, uning O’zbekiston Respublikasiga xos bo’lgan xususiyatlari, umumbashariy va milliy mezonlari va ijtimoiy ahamiyati o’rganildi;
- oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning yaxlit pedagogik andozasi yaratildi;
- oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning samarali shakl, metod va vositalari aniqlandi;
- oila yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning samaradorlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.