3-ilova. Belgilash tillari: HTML, XML, XHTML, WML. Web – dizaynning asosiy internet texnologiyalarini o’rganishni belgilash
tillarini tahlil qilishdan boshlaymiz.
Web – sahifada matnli va grafik axborotlarni joylashtirish va bu
axborotlarni har qanday kompyuterda to’g’ri tasvirlashni ta`minlaydigan maxsus
tilni yaratish ehtiyoji kelib chiqdi. Bunday ixtisostilashtirilgan til belgilash tili deb
ataldi, bu tilning asosiy vazifasi vizual axborotni Web – sahifada “joylashtirish”
va sahifalar o’rtasida aloqalarni tashkil etishdir(gipermurojaatni).
HTML (Hyper Text Markup Language) Boshida WWW tizimi matnli axborotni tasvirlash uchun mo’ljallangan va
HTML tili esa matnni formatlash tili sifatida ishlab chiqilgan edi. Hozirgi vaqtda
HTML WWW da eng mashhur til hisoblanadi. HTML tilida yozilgan hujjat,
axborotlarni va ularni formatlash buyicha ko’rsatmalarni saqlaydigan matnli
fayldir.
XML (eXtensible Markup Language) XML tili bilan HTML tilining o’xshashlik tomoni shundaki, XML tilida
ham hujjatning turli bo’limlarini tasvirlash uchun teglardan foydalaniladi. HTML
tilidan farqli, XML foydalanuvchilarga shaxsiy teglarni aniqlash va mos holda,
axborotni ishga tushirish usullarini qo’yishga imkon beradi. XML teglarini
yozishda simvol registriga e`tibor qaratishimiz zarur.
XHTML XHTML HTML va XML tillarining yig’indisi hisoblanadi. Hozirigi
vaqtda XHTML 1.0 belgilashning standart tili hisoblanib, M3S tomonidan HTML
o’rniga foyydalanish uchun tavsiya qilingan, lekin bugo’ngi kunda ko’pgina
foydalanuvchilar HTML dan foydalanishni davom ettirishyapti. XHTML tili
hujjatning tashqi ko’rinishi platforma(Windows, Mac yoki Unix) dan qat`iy nazar
o’zgarmasligini kafolatlaydi. Tuzilishidagi farqga qaramay, XHTML da
zamonaviy brauzerlarda aniqlanadigan HTML deskriptorlar qo’llaniladi.
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
67
Rahbar
Sariyev R.B.