Masalaning qo’yilishi. BMI mavzusi ““FrontPage” web-muharriri bo’yicha
o’rgatuvchi dastur yaratish” bo’lib, talabalar uchun oddiy va qulay interfeysli
o’rgatuvchi dastur yaratish va uni ta`lim jarayonida qo’llash.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Talabalar uchun zamonaviy dasturlash
muhitlari yordamida “FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur yaratish
va uni multimediali vositalar bilan boyitish.
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi
vaqtda
Respublikamizda
axborot
texnologiyalariga bo’lgan e`tibor va ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan
unumli foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Amaliy ahamiyati. Yaratilgan o’rgatuvchi dastur talabalarga “FrontPage”
web-muharririni mustaqil o’rganishda asosiy vosita sifatida qo’llanilishi mumkin.
Talaba alohida sahifa yaratish muharrirlarida emas, balki o’rgatuvchi dasturda amaliy
ishlashi va bosqichlarni bajarib, o’zini tekshirib ko’rishi mumkin.
Kutilayotgan natijalar. Yaratilgan
o’rgatuvchi dasturiy vositadan
“FrontPage” web-muharriri o’rganishda hamda “Web-dasturlash” va “Elektron
darsliklarni yaratish texnologiyalari” fanlari mashg’ulotlarida foydalanish va bu
orqali talabalar bilim va ko’nikmalarinini shakllantirish asosiy natijalardan biri
hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish Kirish, Mavzu bo’yicha nazariy ma`lumotlar, Asosiy
qism, Mehnatni muhofaza qilish, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va
dastur ilovalari kabi qismlardan iborat.
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
5
Rahbar
Sariyev R.B.
I BOB. NAZARIY QISM.