O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


IX-bob. QIYOSLASH SIFATI VA UNING ME’ZONI. MUNTAZAM



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

IX-bob. QIYOSLASH SIFATI VA UNING ME’ZONI. MUNTAZAM 
XATOLIK. TASODIFIY XATOLIK. BEVOSITA VA BILVOSITA 
O‘LCHASHLARDAG XATOLIKLAR. O‘LCHASHLAR 
NATIJALARINING NOANIQLIGINI BAHOLASH. 
 
1. O‘lchashlarning usullari va turlari. 
2. O‘lchash vositalari va ularning turlari. 
3.O‘lchash vositalariga tekshirishning davriyligi 
4.R (N, N~) koeffitsientni aniqlash nomogrammasi 
Tayanch so‘zlar: tekshirishlar orasidagi interval, tekshirish sxemasi, ishonchlilik 
ehtimoli, matematik kutilma, dispersiya.
 
o‘lchash ob’ekti, o‘lchash usuli, 
o‘lchash vositasi, o‘lchov, o‘lchash asbobi.
14§

O‘LCHASH VOSITALARIGA TEKSHIRISHNING DAVRIYLIGI 
 
Tekshirishlar orasidagi intervalning optimal qiymatini tanlash masalasi o‘ta 
qiyin masala bo‘lib, hozirgacha echimini topmagan hisoblanadi. Bu intervalni 
tanlashga ta’sir etuvchi omillarning xilma – xilligi bilan tushuntiriladi. O‘V 
ining xatoligi foydalanish jarayonida o‘zgarmasdan qolmaydi va ayrim hollarda 
ularning qiymati berilgan aniqlik sinfidagi O‘V uchun ruxsat etilganidan ham 
oshib ketishi mumkin. SHundan kelib chiqqan holda ba’zi mamalakatlar 
(Kanada, AQSH) da milliy metrologiya xizmati laboratoriyalari tekshirish 
natijalarining haqiqiylik muddatini ko‘rsatmaydi, bundan ko‘rinib turibdiki, 
tekshirish vaqtida aniqlangan xatolikning qiymati (to‘g‘rilashlar) faqatgina 
tekshirish momentidagina haqiqiy bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. 
Iste’molchining o‘zi xatolik qachon ruxsat etilgan chegaradan oshib ketishi 
mumkinligi haqida qaror qabul qilishi kerak. Buning uchun, ma’lumki, 
xatolikning o‘zgarish jarayonini modeliga ega bo‘lish lozim. 
Turli mualliflar tomonidan tekshirishlar orasidagi intervalni aniqlashning bir 
qancha usullari taklif etilgan. Ularning barchasi, O‘V xatoligi joriy qiymatining 
o‘zgarishi vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi bo‘lgan matematik kutilma va dispersiyali 
tasodifiy nostatsionar jarayonning mavjudligi tufayli yuz beradi degan fikrdan 
kelib chiqadi. Bunday jarayonning parametrlari nafaqat O‘V ning turiga, balki 
foydalanish sharoiti va uning jadalligiga ham bog‘liq. Tekshirishlar orasidagi 
intervalning qiymati ishdan chiqishlarning ruxsat etilgan ehtimolligi (metrologik 
yaroqlilik koeffitsienti)ga ham bog‘liq. Ushbu to‘rtta asosiy omil teshirishlar 
orasidagi intervalni hisoblashning asosini tashkil etishi mumkin. 
Bir qancha O‘V lari uchun bu omillar bir xil. Masalan, barcha namunaviy O‘V 
temperaturaviy namlik o‘zgarmas bo‘lgan va silkinish, titrash, agressiv muhit va 
shu kabilar bo‘lmagan laboratoriyaviy sharoitlarda ishlatiladi. Bunday O‘V ni 
ishlatishning jadalligi ham taxminan bir xil bo‘lib, faqatgina O‘V ning turiga 
bog‘liq. Ishdan chiqishlarning ruxsat etilgan ehtimolligi tekshirish sxemasi 
orqali o‘rnatilgan ishonchlilik ehtimlligining funksiyasi hisoblanadi. SHuning 


74 
uchun ham namunaviy O‘V uchun tekshirishlar orasidagi interval, ushbu 
vositalar davlat yoki idoraviy metrologiya xizmatlaridan ishlatilishiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda mamlakat masshtabida yagona qilib belgilanadi. Elektr 
kattaliklarning namunaviy o‘lchash vositalariga tekshirishning quyidagi 
davriyligi o‘rnatilgan: 
– o‘lchash transformatorlari — 5 yilda bir marta; 
– sig‘im, induktivlik, o‘zaro induktivlik, yo‘qotish burchagining o‘lchovlari, 
qarshilik, induktivlik va o‘zgaruvchan tok sig‘imini o‘lchagichlar – 2 yilda bir 
marta; 
– elektr kattaliklarning qolgan barcha namunaviy O‘V – bir yilda bir marta. 
Ishchi O‘V lar uchun bunday unifikatsiya’ni butun mamlakat masshtabida 
amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki bir xil turdagi ishchi O‘V turli korxonalarda 
turli sharoitlarda, turli jadallik bilan ishlatilishi mumkin. SHuning uchun ham 
GOST 8.513 – 84 da quyidagi ta’rif keltirilgan: “davriy tekshiruvlar orasidagi 
interval quyidagi tartibda o‘rnatiladi: majburiy davlat tekshiruvidagi O‘V lari 
uchun – davlat metrologiya xizmati organi tomonidan; idoraviy tekshiruvdagi 
O‘V lari uchun korxona rahbari tomonidan”, shuningdek O‘V larini 
tekshirishning optimal davriyligini o‘rnatish idoraviy metrologiya xizmatining 
asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanadi. 
YUqorida ko‘rsatilganidek, tekshirishlar orasidagi intervalni belgilashning 
dastlabki sharti asbobning turi, ishlatilish (foydalanish) sharoiti, foydalanish 
jadalligi, metrologik yaroqliligining ruxsat etilgan koeffitsienti hisoblanadi. 
Metrologik yaroqliligining ruxsat etilgan koeffitsienti deganda qiyoslashda 
yaroqli deb topilgan o‘lchash vositalari sonini qiyoslangan barcha o‘lchash 
vositalarining soniga nisbati tushuniladi. Barcha O‘V lar ko‘rsatilgan 
parametrlarining tavsiflanishiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 
O‘lchov
deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori 
va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy 
moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin