93
—
Kirish qismida standart nimaga taaluqliligini ko‘rsatiladi, ya’ni o‘lchash
vositalari nomlanishi va ularning me’yoriy – texnikaviy tavsifnomalari va u
ularning qiyoslash usullari va vositalarini o‘rnatishi ko‘rsatiladi.
—
“Qiyoslash operatsiyalari” bo‘limi qiyoslash vaqtida o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan operatsiyalar nomlari ro‘yxatini o‘z ichiga olishi lozim, ya’ni qiyoslash
operatsiyalari qiyoslash jarayonini yuritish maqsadga muvofiqroq bo‘lgan ketma
– ketlikda ko‘rsatiladi.
—
“Qiyoslash vositalari” bo‘limi qiyoslanayotgan o‘lchash vositalari
metrologik parametlariga ta’sir qiladigan fizik kattaliklar ro‘yxatini o‘z ichiga
olishi lozim. Ta’sir qiladigan kattaliklarga quyidagilar kiradi: atrofdagi havo
temperaturasi,
namligi va bosimi; qiyoslash vaqtida qo‘llaniladigan muhit
temperaturasi, bosimi va fizik – ximiyaviy xossalari; tok ta’minoti chastotasi va
kuchlanishi; tebranish va silkinish;
magnit va elektr maydonlari; garmoniklar
tarkibi; erkin tushish tezlanishi va shu kabilar.
—
“Qiyoslashga tayyorlash” bo‘limi qiyoslashni o‘tkazishdan oldin amalga
oshiriladigan tayyorlov ishlari ro‘yxatini va ularni bajarish usullarini (asboblarni
nolga o‘rnatish, qiyoslanayotgan
asboblarning chidamliligi, yuvish, moyini
artish, isitish va shu k.) o‘z ichiga olishi lozim.
—
“Qiyoslashni o‘tkazish” bo‘limi: tashqi ko‘rik, sinab ko‘rish, metrologik
parametrlarni aniqlash kichik bo‘limlarini o‘z ichiga olishi lozim.
—
“Kuzatuvlar natijalarini ishlash” bo‘limi kuzatuvlar
natijalarini ishlash
usullarini standartga kiritishi lozim.
—
“Kuzatuvlar natijalarini rasmiylashtirish” bo‘limi o‘lchash vositalari
davlat va idoraviy qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablarni o‘z
ichiga olishi lozim.
—
Qiyoslashning ijobiy natijalari tamg‘a bosish va qiyoslash haqida
guvohnoma berish yo‘li
bilan rasmiylashtiriladi, salbiy natijalarda tamg‘alar
bekor qilinadi va asbobning yaroqsizligi haqida ma’lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: