O’Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari:
O’Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o’z vazifasiga muvofiq qo’llanilishiga huquqli ekanligini o’rnatish;
attestatlanadigan O’V metrologik tafsilotlarining O’Vni yaratishga texnik topshirikda o’rnatilgan yoki O’Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so’rovnomasi)ga binoan o’rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;
O’V texnik tafsilotlarining xavfsizlik talablariga, gigiyenik va xos sinovlar jarayonida o’rnatilgan boshqa maxsus talablarga muvofiqlikning to’liqligini baholash.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo’llaniladigan va xilni tasdiqlash protsedurasidan o’tmagan barcha o’lchash vositalari majburiy ravishda metrologik attestatlanadi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan tashqarida qo’llaniladigan, xilni tasdiqlash protsedurasidan o’tmagan o’lchash vositalari birlamchi kalibrlanishi lozim.
O’Vni metrologik attestatlash ularni ekspluatatsiyaga qabul qilish (ekspluatatsiya sharoiti o’zgargan) bosqichida yoki O’zbekiston bojxona chegarasidan o’tish, O’Vni chet eldan olib kirish bosqichida o’tkaziladi.
Metrologik attestatlashdan o’tgan O’V davriy, zarur bo’lganda esa navbatdan tashqari yoki inspektsion qiyoslanadi.
O’Vni metrologik attestatlashni davlat metrologik xizmati yoki O’Vni attestatlash huquqiga akkreditlangan yuridik shaxslar o’tkazadi.
Xavfsizlik talablariga, gigiyenik yoki maxsus talablarga muvofiqligini sinash lozim bo’lgan O’V mos sinovlarni o’tkazgandan keyin metrologik attestatlanadi.
Metrologik attestatlash quyidagi tartibda o’tkaziladi: Attestatlashni o’tkazishga manfaatdor yuridik (jismoniy) shaxs (keyinchalik – Buyurtmachi) O’Vni metrologik attestatlash huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxs (keyinchalik – Bajaruvchi) ga so’rovnoma topshiradi. Attestatlash natijalari ijobiy bo’lganda attestatlashni o’tkazgan yuridik shaxs (bajaruvchi) attestatlash natijalari to’g’risida O’zstandart Agentligiga xabar beradi va unga O’Vni attestatlash bayonnomasi, dalolatnomasi, tavsifi va attestatlash sertifikatining nusxalarini o’n besh kun muddat ichida taqdim etadi.
Metrologik faoliyat bilan shug’ullanuvchi xodimlar attestatlanishi lozim. Xodimlarni attestatlashda malaka darajasining faoliyatining ushbu turiga muvofiqligi aniqlanadi. Bunda metrologik tekshiruv va nazoratning muayyan turini bajarishga metrologik bilimlar va amaliy ko’nikmalarning mavjudligi aniqlanadi.