O’lchash vositalarining turini tasdiqlash. O’lchash vositalarini metrologik attestatlash. O’lchash vositalarini qiyoslash


Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan O’V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda o’tkaziladi



Yüklə 41,99 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü41,99 Kb.
#184906
1   2   3   4   5   6   7   8
6 MA’RUZA O’LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK TADBIRLARGA TORTILISHI

Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan O’V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda o’tkaziladi:

  • qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o’tgandan keyin o’lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda;

  • qiyoslash tamg’asi, plombasi, shikastlanganda yoki O’V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo’qolganda;

  • agar qiyoslash tamg’asining yoki o’lchash vositasining qo’llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo’lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda;

  • qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan O’V ni tayyorlovchi korxona iste’molchiga yetkazib berishda.

O’lchash vositasining holati va qo’llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan o’tkazishda O’V ning qo’llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspektsion qiyoslash o’tkaziladi. O’V ni inspektsion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o’tkaziladigan vositalar:
a) davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’ektlarining namunaviy o’lchash vositalari;
b) o’zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O’V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo’yicha ishlab chiqarilgai O’V;
v) nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo’lgan O’V;
g) priborlarni ta’mirlovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari chiqargan, ta’mirdan keyin boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berish uchun mo’ljallangan O’V;
d) milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o’lchash vositalari;
e) davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o’tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida o’lchashlar uchun qo’llaniladigan O’V;
j) o’lchash uchun ishchi O’V sifatida qo’llaniladigan, o’lchash natijalari:
tabiatni muhofazalash; sog’liqni saqlash; mehnat xavfsizligini ta’minlash;
Barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash; ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash; aloqa tizimlarini ta’minlash; xo’jaliklararo o’zaro hisoblashlar; savdoning barcha turlari; aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo’llaniladigan O’V.
O’lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilganligi to’g’risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.
O’V yaroqligini o’rnatish maqsadida va ularning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo’yicha operatsiya (tadbir)larni birlashmasiga O’Vni qiyoslash deyiladi. Qiyoslashda metrologik xarakteristikalarni baholashdan tashqari zaruriy hollarda O’Vning xavfsizlik xarakteristikalari ham baholanadi.
O’V qiyoslash DMNning zaruriy turi bo’lib, DMXning akkreditlangan organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. O’V qiyoslash bo’yicha asosiy talablar O’z.Rst 8.003-92 GSI Uz Poverka SI. Osnovnыe polojeniya.
Birliklar o’lchamini metrologik zanjirning barcha bo’g’inlari bo’yicha etalonlardan yoki namuna o’lchash vositalaridan ishchi o’lchash vositalari ishonchligi uzatish qiyoslash sxemalarda keltirilgan aniq tartib asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslash sxemasi – bu o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjat bo’lib, fizikaviy kattaliklar birliklarining o’lchamini Davlat etalonlari yoki namuna o’lchash vositalaridan ishchi o’lchash vositalariga aniq uzatish vositalari va usullarini reglamentlaydi.

Yüklə 41,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin