me’yoriy va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish; – davlat metrologik nazorati.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo’llaniladigan sohadan tashqarida, yuridik shaxs o’rnatilgan tartibda attestatlangan xodimlarni talab etuvchi faoliyat turlarini mustaqil ravishda aniqlaydi.
O’lchash vositalarini qiyoslash. O’lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash va kalibrlash orqali amalga oshiriladi.
Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo’lgan O’Vning ro’yxati O’zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
O’V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari o’tkazadi, lekin O’V ni qiyoslash huquqi yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlariga ham topshirilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda bajarilgan O’V ni qiyoslash natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo’yicha sotib olinadigan O’V ni qiyoslashni tashkil qilish ka o’tkazish bo’yicha asosiy nizomlar O’z DSt 8.003:2005 "O’z O’DT. O’lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar" da bayon etilgan. Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan va import bo’yicha sotib olinadigan barcha O’V davlat qiyoslashidan o’tishi lozim.
O’V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspektsion va ekspert qiyoslashdan o’tkaziladi. Ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqqan va import bo’yicha keltiriladigan O’V birlamchi qiyoslashdan o’tkaziladi. O’V ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan o’tkaziladi. O’V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o’tkazish tartibi bu O’V ni qiyoslash metodikasida ko’rsatiladi.
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O’V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o’tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti o’lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi.
Davriy qiyoslashlar o’rtasidagi vaqt: davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o’lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan belgilanadi.
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O’V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o’tkaziladi.