. Taqsimotning bu qismiga qamrov ehtimoli yoki oraliq uchun ishonch darajasi sifatida qaralishi mumkin.
. To’liq noaniqlik, shuningdek, umumiy noaniqlik deb ham atalishi mumkin.
qamrov koeffitsienti: To’liq noaniqlikka erishish uchun yakuniy standart noaniqlikning
ko’paytiruvchisi sifatida foydalaniladigan son bilan ifodalangan koeffitsient.
kuzatib borish: Belgilangan noaniqliklarga ega bo’lgan solishtirishlarning ajralmas zanjiri vositasida muvofiq etalonlar, ko’pincha milliy va xalqaro etalonlar bilan aloqa o’rnatish imkoniyatidan iborat bo’lgan o’lchash natijalari yoki etalon qiymatlarining xossalari pretsizionlik: Sinovlarning kelishilgan sharoitlarda olingan mustaqil natijalarining bir biriga yaqinligi.
Izohlar
Pretsizionlik faqatgina tasodifiy xatoliklarning taqsimlanishiga bog’liq va o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy yoki qabul qilingan qiymatiga bog’liq emas.
Miqdoriy pretsizionlik ko’pincha noaniqlik sifatida ifodalanadi va sinov natijalarining standart og’ishi ko’rinishida hisoblanadi. Kamroq pretsizionlikka ko’proq standart og’ish muvofiq keladi.
«Sinovlarning mustaqil natijalari» ifodasi, bu natijalar xuddi shu yoki aynan o’xshash sinov ob’ektlaridan olingan qandaydir avvalgi natijalar ta’sir ko’rsatmaydigan tarzda olinganligini bildiradi. Pretsizionlikning miqdoriy tavsiflari hal qiluvchi tarzda kelishilgan shartlarga bog’liq.
SI: Xalqaro birliklar tizimi
SO: Standart namuna
MVI: O’lchashlarni bajarish metodikasi
Umumiy qoidalar
Metodlar yaroqliligini baholash
Izoh - Bu yerda va bundan keyin metod (metodlar) deyilganda o’lchashlarni bajarish metodikalari va sinovlar metodikalari tushuniladi.
Amaliyotda eskirgan o’lchashlar uchun qo’llaniladigan aniq maqsadning metodlarini ko’proq ularning yaroqliligini baholash bo’yicha tadqiqotlar jarayonida belgilanadi.
Bunday tadqiqotlarning natijalari metodlarning umumiy tavsifnomalari bo’yicha ham, unga ta’sir etuvchi alohida faktorlar bo’yicha ham axborot beradi va bu axborotdan noaniqlikni baholashda foydalanish mumkin.
2. O’lchash noaniqligini baholash
Umuman olganda noaniqliklarni baholash oddiy bo’lib hisoblanadi. Qandaydir o’lchash natijasiga xos bo’lgan noaniqlikni baholash uchun quyidagi amallarni bajarish zarur.
1-bosqich. O’lchanayotgan kattalikni tasvirlash. O’lchash kattaligi va u bilan bog’liq bo’lgan parametrlar o’rtasidagi nisbatni kiritgan holda aynan nima o’lchanayotganligini aniq ifodalash zarur (masalan, o’lchash kattaliklari, konstantalar, darajalash uchun etalonlar qiymatlari va boshqalar). Mumkin bo’lgan joyda ma’lum sistematik effektlarga tuzatishlar kiritiladi. Bunday tasviriy axborot odatda muvofiq hujjatda metodikaga yoki metodning boshqa tasvirida keltiriladi.
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash. Noaniqlik manbalarining ro’yxati tuziladi. U 1 bosqichda belgilangan xuddi o’sha nisbatda parametrlar noaniqligiga hissa qo’shadigan manbalarni o’z ichiga oladi, lekin noaniqlikning boshqa manbalarini, masalan, ximiyaviy taxminlardan kelib chiqadigan manbalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.
3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarining miqdoriy tasvirlanishi. Har bir aniqlangan potentsial manbaga xos bo’lgan noaniqlik qiymati aniqlanadi va baholanadi. Ko’pincha noaniqlikning bir qancha manbalar bilan bog’liq bo’lgan yagona hissasini baholash yoki aniqlash mumkin. SHuningdek mavjud ma’lumotlar noaniqlikning barcha manbalarini yetarli darajada hisobga olayotganligini ko’rib chiqish muhim va noaniqlikning barcha manbalarining adekvat hisobga olinishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha eksperimentlar va tadqiqotlarni puxta rejalashtirish zarur.
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash. 3-bosqichda olingan axborot umumiy noaniqlikka bo’lgan yoki alohida manbalar bilan yoki bir qancha manbalarning yakuniy effektlari (samaralari) bilan bog’liq bo’lgan bir qancha mikdoriy tasvirlangan xossalardan iboratdir. Bu xossalarni standart og’ishlar ko’rinishida ifodalash va mavjud qoidalarga muvofiq yakuniy standart noaniqlikni olish uchun ularni jamlash zarur. Kengaytirilgan noaniqlikni olish uchun tegishli qamrov koeffitsientidan foydalanish zarur.
3. O’lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi
Noaniqlikni baholash kontekstida “o’lchash kattaligini tasvirlash” aynan o’lchanayotgan nafaqat bir ma’noli narsaning ifoda qilinishini, balki o’lchash kattaligini u bog’liq bo’lgan parametrlar bilan bog’lovchi mikdoriy ifodalanishini taqdim etishni ham talab etadi. Bu parametrlar boshqa o’lchash kattaliklari, to’g’ridan-to’g’ri o’lchanmaydigan kattaliklar yoki konstantalar bo’lishi mumkin. SHuningdek namuna tanlash bosqichi metodikaga kiritilganmi yoki yo’qmi aniq belgilanishi lozim. Agar u kiritilgan bo’lsa, u holda namuna tanlash metodikasi bilan bog’liq bo’lgan noaniqlikni baholash ham zarur. Bu barcha axborotlar metodikaga hujjatda bo’lishi lozim.
Analitik o’lchashlarda ayniqsa foydalanilayotgan metodga bog’liq bo’lmagan natijalarni olish uchun mo’ljallangan va bunga mo’ljallanmagan o’lchashlar o’rtasidagi farqni o’tkazish muhim. Oxirgilari ko’pincha empirik metodlar kontekstida ko’rib chiqiladi.
Eng avvalo, noaniqlikning mumkin bo’lgan manbalari ro’yxatini tuzish zarur. Bu bosqichda mikdoriy aspektlarni hisobga olishga zarurat yo’q; faqatgina aynan ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan narsaga nisbatan to’liq aniqlikni ta’minlash maqsad bo’lib hisoblanadi.
Noaniqlik manbalarining ro’yxatini tuzishda odatda oraliq kattaliklardan natijalarni hisoblash uchun foydalaniladigan asosiy ifodalardan boshlash qulaydir. Bu ifodadagi barcha parametrlar o’z noaniqliklariga ega bo’lishlari mumkin va shuning uchun ular noaniqlikning potentsial manbalari bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, aniq ko’rinishda o’lchanayotgan kattalik qiymatini topish uchun foydalaniladigan ifodaga kirmaydigan, lekin shunga karamay natijaga (masalan, ekstraktsiya vakti yoki temperatura) ta’sir qiladigan boshqa parametrlar ham bo’lishi mumkin. Noaniqlikning yashirin manbalari ham bo’lishi mumkin. Bu barcha manbalar ro’yxatga kiritilishi lozim.
Noaniqlik manbalari ro’yxati tuzilgandan so’ng ularning natijaga ta’sirini asosan har bir ta’sir ba’zi bir parametrlar bilan bog’liq bo’lgan o’lchashlarning rasmiy modeli deb yoki tenglamada o’zgaruvchan deb tasvirlash mumkin. Bunday tenglama natijaga ta’sir etuvchi individual omillar atamalarida ifodalangan o’lchash jarayonining to’liq modelini tashkil etadi. Bu funktsiya juda murakkab bo’lishi mumkin va uni ko’pincha aniq ko’rinishda yozish mumkin emas. Biroq, u mumkin bo’lgan joyda bunday ifodalanish shakli umumiy holda noaniqlikning individual tashkil etuvchilarini jamlash usulini aniqlaganligi sababli uni bajarish zarur.