Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-281-289 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 287 www.ares.uz I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr, ―vaqt
o‘lchovi‖ ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.
Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash o‘quvi bilan bog‘liq. Vaqt beto‘xtov
o‘tadi, uni to‘xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Shuning uchun vaqt
oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi bo‘yicha taqqoslash ham qiyin.
Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig‘ida nima
bo‘layotganligiga bog‘liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o‘tayotgandek bo‘lib
tuyuladi. Shuning uchun vaqt o‘rganish qiyin bo‘lgan miqdorlardan biridir. Bolalarda
vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi
jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar
maktabgacha bolgan davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi,
bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni
shakllantiradi.
Voqealarning vaqt bo‘yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo‘lgan edi, nima
keyin bo‘lgan edi) va hodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar
tomonidan qiyin o‘zlashtiriladi. Birinchi sinf o‘quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar
maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlarida
shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklar
o‘qiganlarida va kinofilmlar ko‘rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul
qilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi - bola vaqt o‘zgarishini
ko‘rishiga, vaqt o‘tishini his qilishiga yordam beradi. Dastur 1-sinfda bolalarni hafta
kunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga
dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanish
vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya‘ni nima uzoq davom etadi: darsmi yoki tanaffusmi,
o‘quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabi
tushunchalarni o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig‘ilgan bunday tasavvurlar
ikkinchi sinfda vaqt o‘lchovlarini o‘rganishga zamin bo‘ladi. Berilgan mavzuni
o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi
tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishda
o‘qituvchi tabel kalendardan foydalanadi. Bolalar tabel–kalendar yordamida bir yilda
o‘n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo‘lgan oylarning nomini o‟zlashtiradilar,
ajratadilar: aprel, iyun, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy esa 31 kundan,
oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat. Shu bilan birga
kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o‘rgatiladi. Masalan yilning beshinchi
oyi qanday ataladi? Iyul, avgust, oktyabr tartib bo‘yicha nechanchi oylar?