5
Ushbu dastur O„zbekiston Respublikasi “Ta‟lim to„g„risida”gi qonuni, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda “O„zbekiston Respublikasi oliy ta‟lim
muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” ning bandiga muvofiq
5230200 – “Menejment” (ishlab chiqarish) ta‟lim yo„nalishi Davlat ta‟lim standarti asosida
tuzildi.
Hozirgi kunda Respublika ta‟lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan
uyg„unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta‟lim va
bilim berish tizimini amalga oshirilayotgan islohatlar bilan uzviy bog„liq bo„lishi talab
etilmoqda.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta‟lim
standartlari asosida ta‟lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirilib borish
oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fanlar bo„yicha bilimlar majmuasini o„zlashtirish, nazariy va amaliy mashg„ulotlar
uzviyligida malaka hamda ko„nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning
o„rni beqiyos.
5230200 – “Menejment” (ishlab chiqarish) ta‟lim yo„nalishi talabalarining malakaviy
amaliyotini to„g„ri tashkil qilish bo„lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga
tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va deversifikatsiyalash sharoitida
“Menejment” (ishlab chiqarish) ta‟lim yо„nalishi bо„yicha tahsil olayotgan talabalar malakaviy
amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanandi.
5230200 – “Menejment” (ishlab chiqarish) ta‟lim yо„nalishi III - kurs talabalarining
malakaviy amaliyoti VI – semestrda, ya‟ni 4 hafta davom etadi. Bunda haftasiga 6 kun, har bir
kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatida talaba o„z mustaqil faoliyatini
rejalashtirilishi talab etiladi. Talaba malakaviy amaliyotini tashkil etish bo„yicha kalendar
rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun
institutdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan
maqullanishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: