“malakaviy amaliyot”



Yüklə 418,99 Kb.
səhifə1/10
tarix16.06.2023
ölçüsü418,99 Kb.
#131456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Amaliyot dasturi 2022 Turizm 4-kurs

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • DASTURI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI





NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI



MENEJMENT” KAFEDRASI


“MALAKAVIY AMALIYOT”




DASTURI




4-kurs uchun (kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari uchun)
Bilim sohasi: 600000 – Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi: 610000 – Xizmat ko‘rsatish
Ta’lim yo‘nalishlari: 5610300Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)

NAMANGAN – 2022

Malakaviy amaliyotning o‘quv dasturi 5610300 – Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishlari o‘quv va ishchi o‘quv rejalariga muvofiq ishlab chiqildi.




Tuzuvchi: A. O‘tbosarov - NamDU Menejment kafedrasi
o‘qituvchisi

Taqrizchi: NamDU Menejment kafedrasi dotsenti
X.Yoqubjanova
Fanning ishchi o‘quv dastur “Menejment” kafedrasining 2022 yil “___” _________dagi ___-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedrasi mudiri: K.Umarkulov

Fanning ishchi o‘quv dasturi Namangan davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti kengashida muhokama qilingan (2022 yil “____” _________dagi ____-sonli bayonnoma).




Fakultet kengashi raisi: N.Narzullayev
Kelishildi:
O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i: X.Mirzahmedov
KIRISH

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan va “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” ning (OO‘MTV ning 1998-yil 30-oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) 1.3. bandiga muvofiq “Talabalar malakaviy amaliyoti” Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash oldiga qo‘yilgan Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablarining 6.5.5 bandiga muvofiq malakaviy amaliyot talabalar umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirishida olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash; sohada qo‘llaniladigan hisob metodlari bilan tanishish; muassasa xo‘jaligini va tuzilmasini o‘rganish; muassasada boshqarish darajalari va bosqichlari bilan tanishish hamda boshqa ko‘nikmalarini egallash.


Talabalar korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganish va tahlilqilish, ularning moliyaviy va iqtisodiy faoliyati bilan tahlil qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. Bevosita standart talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash; o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash; jamoada korxonachilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajribalar hosil qilish; korxonaning tashkiliy bo‘linmalarining tuzilishi va korxonaga tegishli funktsional masalalarni o‘rganish; boshqaruv va xo‘jalik faoliyatida axborot texnologiyalar tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash uchun materiallarni to‘plashdan iborat.
Ta’lim, fan, ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlarining mazmuni va uslublarini talabalarda shakllantirish maqsadida o‘qitishni ilmiy-tadqiqot bilan qo‘shib olib borish, fanlar buyicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy-amaliy mashg‘ulotlar uzviyligining negizlarini shakllantirishda malakaviy amaliyoti muxim o‘rin egallaydi.
Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Malakaviy amaliyotni o‘tkazish o‘quv reja asosida belgilangan bo‘lib, bunda talabalar o‘zlarining olgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo‘nalishi talabalarining malakaviy amaliyoti 4-bosqich amaliyot davri 2023-yil 17-apreldan 2023-yil 20-maygacha tashkil etiladi.
Talabaning malakaviy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi malakaviy amaliyoti rahbari tomonidan aniqlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.



Yüklə 418,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin