“malakaviy amaliyot”


Malakaviy amaliyotning mazmuni va tarkibi



Yüklə 418,99 Kb.
səhifə3/10
tarix16.06.2023
ölçüsü418,99 Kb.
#131456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Amaliyot dasturi 2022 Turizm 4-kurs

2.2.Malakaviy amaliyotning mazmuni va tarkibi
Malakaviy amaliyot kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot obyektiga individual tarzda yondoshishi zarur. Shuningdek, «Talabaning kalendar ish rejasi» aniq, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Talabalarning malakaviy amaliyoti korxonalarda o‘tkaziladi. Korxonada tegishli majburiyatlarni bajarish jarayonida amaliyotchilar ish tartibiga va ichki tartib qoidalariga bo‘ysinadilar.

Amaliyotga rahbarlik qilish uchun korxonaning malakali mutaxassislaridan mas’ul shaxslar tayinlanishi lozim. Talaba amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyot o‘tashning taqvimli-mavzuli ish rejasini va alohida mavzularni o‘zlashtirish muddatlari bo‘yicha taqvimiy jadvalni tuzadi va amaliyot o‘tash davrida har kuni bajarilgan ishlarning qisqacha mazmuni hamda bajarilish holatini amaliyot rahbari tomonidan tekshiriladigan kundalikda aks ettirib, tegishli imzo bilan tasdiqlatib borishi shart.


Amaliyot korxonaning barcha bo‘limlarida o‘tkaziladi. Amaliyot boshlanguncha universitetda belgilangan amaliyot rahbari tomonidan talabalar bilan oldinda turgan malakaviy amaliyot vazifalarini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkaziladi va talabalar amaliyot dasturi, kundalik daftar hamda yo‘llanmalar bilan ta’minlanadilar.
Birinchi va ikkinchi ish kunida talaba amaliyoti bazasida buyruqlarni rasmiylashtirishi, biriktirilgan rahbar bilan tanishishi va korxona faoliyatining mazmuni bilan qisqacha tanishib, uning tarkibiy tuzilishini o‘rganib chiqishi, bo‘limlarning huquqiy mavqeyi, faoliyat olib borish tartibi, alohida bo‘limlar ish rejasi bilan tanishib chiqishi lozim. Malakaviy amaliyotini o‘tash jarayonida talaba quyidagi qismlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ishi lozim.

  1. Korxonani ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish;

  2. Korxonada boshqaruv strukturasi va boshqaruv jarayoni bilan tanishish;

  3. Korxonani ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish rejasi;

  4. Korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlari, texnika va texnologiyalar samaradorligi bilan tanishish;

  5. Korxona moliyaviy xolatini tahlil qilish;

  6. Hisobotni tayyorlash va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbaridan taqriz olish.

Malakaviy amaliyot qismlarga ajratilgan kunlar taqsimoti quyidagi 1.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 418,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin