“malakaviy amaliyot”


Malakaviy amaliyotiga kafedradan tayinlangan



Yüklə 418,99 Kb.
səhifə8/10
tarix16.06.2023
ölçüsü418,99 Kb.
#131456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Amaliyot dasturi 2022 Turizm 4-kurs

3.2. Malakaviy amaliyotiga kafedradan tayinlangan
Rahbarning majburiyatlari

Amaliyotga chiqish oldidan talabalar bilan suhbat o‘tkazish va ularning amaliyotni o‘tash tartibi bilan tanishtirish.


Korxonadan amaliyotni o‘tash uchun tayinlangan rahbar va talaba bilan birgalikda uning shaxsiy taqvimiy-mavzular rejasini tuzish.
Doimo (kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda) va talabaning bajargan ishi, amaliyot dasturidagi ayrim masalalarni to‘liq va chuqur o‘rganishini nazorat qilib borish.
Amaliyotning ayrim mavzular yuzasidan talabaga maslahatlar berib borish, unga universitetda o‘zlashtirilgan tahlilning ayrim usullarini amalda korxonadagi qo‘llanilayotgan usulda farq qilishiga e’tibor berish, talabada korxonani boshqarish, tashkil etish, rejalashtirish, rag‘batlantirish, nazorat qilish, takomillashtirish bo‘yicha mustaqil takliflarni ishlab chiqish, nazariy jihatdan umumlashtirishga asosiy e’tiborni kuchaytirish.
Amaliyotni o‘tash davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha tadbiriy choralarni qo‘llash, dasturni to‘liq hajmda va o‘z muddatida bajarilishiga talaba tomonidan malakaviy amaliyot dasturida ko‘zda tutilmagan ishlarni bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratish.
Talabaning kundalikka bajaradigan yozuvlarni to‘g‘ri va o‘z muddatida amalga oshirishini tekshirib borish.


IV. AMALIYOT HISOBOTINING TARKIBI VA
UNI RASMIYLASHTIRISH

Talaba amaliyot hisobotiga (hisobot muqovasining namunasi 2-ilova keltirilgan) quyidagilarni kiritadi:



  1. Malakaviy amaliyotni o‘tashning taqvimiy jadvali (1-ilova)

  2. Umumiy amaliyot rahbari imzosi qo‘yilgan va korxona muhri bosilgan kundalik daftari.

  3. Korxona (tashkilot va muassasalar) tomonidan muhr bosilgan holda berilgan tavsifnoma.

  4. Mavzularga oid tahliliy materiallar (tushuntiruv yozuvi, amaliyot davrida to‘plangan ma’lumotlar)

  5. Korxona (tashkilot va muassasalar)dan olingan statistic ma’lumotlar (ilova ko‘rinishida).

Amaliyot hisoboti quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Amaliyot hisobotining tushuntiruv qismi 25-30 bet hajmida qo‘lyozma tarzida bajariladi.
Hisobot matnni yozish tartibi:
Hisobotning matni aniq, tushunarli va yuqori savodxonlik darajasida imloviy xatolarsiz yoziladi. Hisobotni sodda, aniq va tushunarli qilib yozilishi uning yuqori darajada bajarilganligi belgilaridan biri hisoblanadi.
Matnni joylashtirish tartibi
Hisobotning matni standart oq qog‘ozning bir tomoniga yoziladi, bunda ushbu qog‘ozning chap tomonidan 3 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqori va pastki qismdan 2 sm joytashlanadi.
Hisoblash formulalari tushunarli va aniq tarzda yoziladi.
Jadvallar, rasmlar, grafik va chizmalar ham oqqog‘ozda yuqoridagi talablarga amal qilgan holda hisobotning tushuntiruv qismida keltiriladi va raqamlanadi.
Hisobotda atamalarning qisqartirilishiga yo‘l qo‘ymasliklozim. Boshqa mualliflar va yo‘riqnomalardan keltirilgan fikrlar, ko‘chirma gaplar qo‘shtirnoq ichiga olinib, qaysi adabiyotning qaysi betidan olinganligi mazkur sahifaning pastki qismiga ko‘rsatib qo‘yilishi zarur.
Varaqlarni sahifalash tartibi:
Hisobotning varaqlari, jadval, grafiklar, ilovalarning barchasi oxirgi varaqqacha raqamlanadi. Birinchi beti titul varag‘i bo‘lib, unga «1» raqami qo‘yilmaydi. Raqam har bir varaqning pastki o‘rta qismiga yoziladi.

Yüklə 418,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin